Otaqulov Baxromjon Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) «Beton va temirbeton konstruksiyalaridagi eski va yangi beton yaxlitligini oshirish», 05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.3.PhD/T489.
Ilmiy rahbar: Tulaganov Abduqobil Abdunabievich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent arxitektura qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Qosimov Erkin Umaralievich, texnika fanlari doktori, professor; Xodjaev Saidaslam Agloevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: beton va temirbeton konstruksiyalaridagi eski va yangi betonlarning tutashish choklarini o‘rganish hamda ularni yaxlitligini oshirishni samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avvalgi va keyingi yotqizilgan betonlarning tutashish choki g‘ovak strukturasi parametrlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
superplastifikatorlar orqali avvalgi va keyingi yotqizilgan betonlarning o‘zaro tishlashish mustahkamligini 18-22% ga oshirishi va g‘ovaklar o‘rtacha o‘lchamlari ko‘rsatgichini 4,5 dan 2,2 gacha kamayishi, ularni monomerlar bilan shimdirish va g‘ovaklarda polimerizatsiyalash yo‘li bilan esa tutashish chokining mustahkamligini 120 dan 186% gacha oshirishi isbotlangan;
tashqi fizik-kimyoviy agressiv muhit ta’sirida emirilgan beton va temirbeton konstruksiyalari tarkibidagi korroziya maxsulotlarini yangi beton va tutashish choklar fizik-mexanik xossalariga ta’sirini bartaraf etuvchi yangi texnologik usul – ta’mirlanadigan eski beton yuzasini sizib kiruvchi gidroizolyasiyalovchi materiallari bilan konservatsiyalash usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Eski va yangi betonlarni tutashish choki g‘ovak stukturasini nazorat qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
beton va temirbeton konstruksiyalarini (poydevor, seysmik belbog‘, yaxlit temirbeton orayopmalar, plitali orayopmalar, temirbeton ustunlarni) kuchaytirishda FREM C3 superplastifikatori bilan modifikatsiyalangan beton qorishmasidan “Farg‘onafuqaroloyiha” MChJ tomonidan So‘x tumani Chashma qishlog‘i 11-o‘rta ta’lim maktabining 200 o‘rinli o‘quv binosini qurishda, ushbu maktabdagi mavjud binolarni ta’mirlashda va rekonstruksiya qilishda hamda shu tumanning markazida joylashgan shifoxonaning asosiy davolash binosida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 30 yanvardagi 813/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijasi konstruksiyadagi eski va yangi yotqizilgan betonlarni o‘zaro tishlashish mustahkamligini 18-22% ga oshirishga va g‘ovaklar o‘rtacha o‘lchamlari ko‘rsatgichini 4,5 dan 2,2 gacha kamaytirishga, betonlash orasidagi uzilishlarning eski va yangi beton tutashish zonasiga salbiy ta’sirlarini pasaytirishga va konstruksiyani yaxlitligiga erishilgan;
eski va yangi betonlarni tutashish choki g‘ovak stukturasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 300m2 sul`fatli agressiv moddalar ta’sirida shikastlangan beton va temirbeton konstruksiyalarni (rezurvuarlar, tozalash inshootlari: suv nasos stansiyasi, kimyoviy moddalar ombori) ta’mirlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2020 yil 30 yanvardagi 813/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada konstruksiyalarni shikastlangan qismlari yuzalarini sizib kiruvchi gidroizolyasiya materiallari bilan ishlov berish va ular asosida modifikatsiyalangan beton qorishmasi bilan qoplash orqali shikastlangan eski beton tarkibidagi korroziya maxsulotlarini yangi beton bilan tutashish choklariga kirib kelmasligi, ta’mirlanayotgan konstruksiyadagi eski va yangi betonlarni tishlashish mustahkamligini oshirishga va yaxlitligiga erishilgan.