Abduraximov Zoxid Abduvasikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirishda jurnal va onlayn masofaviy ta’lim shakllarini qo‘llanishi», 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib170.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlar doktori, professor; Xamraev Atadjan Karimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bolgariya tibbiyot universiteti (Sofiya, Bolgariya).  
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot sohasida masofaviy tibbiy ta’lim shakllarini rivojlantirish va ularning tibbiy xizmat sifatiga ta’siri hamda iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: kuyidagilardan iborat: 
ilk bor masofaviy tibbiy ta’limning jurnal va mahalliy onlayn shakli Djumla (JOOMLA) platformasida tadbiq etilgan; 
an’anaviy va masofaviy tibbiy ta’limning jurnal, onlayn shaklida magistr va vrachlar orasida o‘tkazilgan mashg‘ulot natijalarini solishtirma taqqoslanganda, masofaviy tibbiy ta’limda an’anaviy tibbiy ta’limga nisbatan o‘zlashtirish natijalari yuqoriligi aniqlangan; 
masofaviy tibbiy ta’limning onlayn shakli algoritmini kiritish natijasida testlarga to‘g‘ri javob berishdagi urinishlar soni belgilangan vaqt bilan mutanosibligi aniqlangan; 
ilk bor masofaviy tibbiy ta’limning jurnal shaklini tibbiy yordam sifatiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
ilk bor tibbiy ta’limda nazariy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish vrachlarning yoshiga qarab mutanosibligi asoslab berilgan;
an’anaviy va masofaviy tibbiy ta’lim xarajatlari solishtirma taqqoslanganda, masofaviy ta’limni joriy qilish natijasida xarajatlarni kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirishda jurnal va onlayn masofaviy ta’lim shakllarini qo‘llanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tibbiyot xodimlari uchun masofaviy ta’limning JOOMLA platformasining algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 14 fevraldagi 8n-d/21 son ma’lumotnomasi). 
«Masofaviy ta’limning jurnal shaklini amaliyotchi vrachlar uchun tadbiq etish» nomli usubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 14 fevraldagi 8n-d/21-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar masofaviy ta’limning jurnal shaklini amaliyotchi vrachlar uchun tadbiq etilishiga imkon bergan. 
Masofaviy ta’limning jurnal shaklini amaliyotchi vrachlar uchun tadbiq etish hamda tibbiyot xodimlari uchun masofaviy ta’limning JOOMLA platformasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand, Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalarida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining sanator-kurortlar boshqarmasida, O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasining Samarqad viloyat bo‘limida amaliyotiga joriy kilingan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 8n-z/43-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari umumiy amaliyot vrachlarining faoliyatlarida yurak qon-tomir kasalliklarini erta tashxislash, davolash va nogironlikni pasaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish