Siferova Nargiza Aleksandrovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kul`turadagi hujayralarning plazmatik membranasidagi anion transporti tizimlari», 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/V8.
Ilmiy rahbar: Sabirov Ravshan Zairovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar: Mirxodjaev Ulug‘bek Zakirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Tonkix Anatoliy Konstantinovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Genomika va bioinformatika markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kul`turada o‘stirilayotgan hujayralar plazmalemmasidagi hajm faollashtiradigan anion transporti tizimlarining biofizikaviy tavsiflarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
KML hujayralari katta o‘tkazuvchanlikdagi anion kanalini ekspressiyalashi aniqlangan, melanomadagi maksi-anion kanalining biofizikaviy profili va uning farmakologik xossalari batafsil aniqlangan;
osmotik stressning KML hujayrasi membranasida oraliq o‘tkazuvchanlikdagi hajmga bog‘liq anion kanalini faollashtirishi aniqlangan, hajmga bog‘liq anion kanalining biofizikaviy profili va uning farmakologik xossalari batafsil yoritib berilgan, kul`turani o‘stirish muhitining kanal biofizikaviy xossalariga keskin ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
LRRC8A oqsili hajmga bog‘liq anion kanalining almashtirib bo‘lmaydigan komponenti ekanligi, lekin uning sisplatinga chidamli saraton hujayralaridagi kanalning faolligi uchun etarli emasligi aniqlangan;
HeLa va NST116 hujayra liniyalari hajmga bog‘liq anion kanalining yangi modulyatorlarini izlashda adekvat modeli ekanligi ko‘rsatilgan, o‘simlik moddalari orasidan kanalning istiqbolli ingibitorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kul`turadagi hujayralarda anion transporti sistemasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hajmga bog‘liq anion kanalining pora hosil qilishiga LRRC8A oqsilining qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar impakt-faktori yuqori bo‘lgan xorijiy jurnallarda kanal subbirliklarining strukturalarini aniqlashda foydalanilgan (eLife 2019, V.8, Scopus CiteScore 6.99; Biophysical Journal 2019, V. 116, Scopus CiteScore - 3.26; Current Topics in Membranes 2018, V.81, P. 177-203, Scopus CiteScore – 3.29; Oncology Reports 2018, V.40, Scopus CiteScore – 3.07).Natijada hajmga bog‘liq anion kanalining uch o‘lchamli strukturasidagi LRRC8A oqsilining holatini tavsiflash imkonini bergan;
hajmga bog‘liq anion kanalining faolligini qayd etish uchun LRRC8 oilasiga kiruvchi oqsillardan tashqari noma’lum regulyator komponentning ekspressiyasi ham zarurligi haqidagi ma’lumotlar impakt-faktori yuqori bo‘lgan xorijiy jurnallarda hajmga bog‘liq anion kanali porasining regulyatorlarini izlashda foydalanilgan (Experimental Neurobiology 2019, V. 28, №2, P. 183-215, Scopus CiteScore –2.67; Experimental Neurobiology 2019, V. 28, №2, P. 131-133, Scopus CiteScore –2.67; EMBO Journal 2017, V. 36, Scopus CiteScore – 8.28). Natijada hajmga bog‘liq anion kanallari poralarining regulyatorlarini izlash borasidagi tadqiqotlarni davom ettirish imkonini bergan;
ATF molekulalarini hajm faollashtiradigan kanallar orqali tashilishi haqidagi ma’lumotlar impakt-faktori yuqori bo‘lgan xorijiy jurnallarda hajmga bog‘liq anion kanalining ion tashuvchi xossalarini tavsiflashda foydalanilgan (International Journal of Molecular Sciences 2018, V.19, P. 808, Scopus CiteScore – 4.32; Pharmacological Reviews 2019, V.71, P. 49-88, Scopus CiteScore – 18.73; Current Topics in Membranes 2018, V.81, P. 125-176, Scopus CiteScore – 3.29). Natijada ATF molekulalarini hajm faollashtiradigan kanallar orqali tashilishini tavsiflash imkonini bergan;
ferutininning odam adenokarsinomasi HeLa hujayralaridagi hajmga bog‘liq anion kanalining faolligiga ta’siri haqidagi natijalar F-5-06 «Ayrim bioregulyatorlarning ta’sir mexanizmini o‘rganish» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 oktyabrdagi 89-03-3705-son ma’lumotnomasi). Natijada ferutininning bir qator hujayra ichki jarayonlardagi rolini, jumladan, hujayralardagi kal`siy signalizatsiyasini ferutinin yordamida modulyasiyalash mexanizmini ochib berish, ferutininning membranafaol xossalarini aniqlash va uning hajmga bog‘liq anion kanaliga ta’sirining samarasini tavsiflash imkonini bergan.