Komilov Esoxon Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mitoxondriyalarning ion-transport tizimlariga ayrim flavonoidlarning ta’sir mexanizmlari», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/V72.
Ilmiy rahbar: Asrarov Muzaffar Islamovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.V.01.13.
Rasmiy opponentlar:  Shaxmurova Gulnara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Kulkaraev Abdisalim Karimovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kalamushlar jigar mitoxondriyalarining ba’zi ion-transport tizimlariga va energetik metabolizmiga o‘simlik flavonoidlarning ta’sir mexanizmlarini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oroksilin A, lyuteolin, pulikarin, izoramnetin flavonoidlari diazoksid kabi jigar mitoKATF-kanalini faollashtirishi aniqlangan; 
kalamush jigar mitoxondriyalarining Sa2+-ga bog‘liq mMPTP sini ochilishini oroksilin A, lyuteolin, pulikarin, izoramnetin ingibirlashi isbotlangan; 
mitoxondriya membranalarida G‘e2+/askorbat tizimi bilan indusirlangan lipidlarning perekisli oksidlanishini oroksilin A, lyuteolin, pulikarin, izoramnetin flavonoidlari bilan ingibirlanishi isbotlangan;
oroksilin A va lyuteolin flavonoidlari mitoxondriya ichki membranasining N+, K+, Na+ va Sa2+ kationlari uchun passiv ion o‘tkazuvchanligini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Flavonoid moddalarni mitoxondriya funksional tizimlariga ta’siri buyicha olingan natijalar asosida:
flavonoid birikmalarni aniqlangan antioksidant xossalaridan Surgut davlat universitetining «Innovatsionnie texnologii izvlecheniya, identifikatsii polifenolov dikorosov XMAO-Yugri i issledovanie ix geroprotektornix svoystv pri vozrast-assotsirovannix zabolevaniyax na Severe» mavzusidagi amaliy loyihasida patologik sharoitlarda biomembranalarni stabillashuvini aniqlashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2019 yil 5 apreldagi 1203/1150-son ma’lumotnomasi). Natijada flavonoid birikmalarning yoshga doir geroprotektor ta’sir mexanizmlarini tavsiflash imkonini bergan;
lyuteolinning antioksidantlik va mPTP ni ochilishini ingibirlash xossalaridan FA-F6-T083 raqamli «Yurak va silliq muskul hujayralarini Sa2+ -gomeostazini biologik faol moddalar yordamida modulyasiya yo‘llarini izlash va tavsiflash» mavzusidagi fundamental loyihasida kalamush aorta preparatida flavonoidning relaksant ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 21 fevraldagi 4/1255-482-son ma’lumotnomasi). Natijada lyuteolinning antioksidant xossasi hamda silliq muskul hujayralarida joylashgan L-tip Sa2+-kanallari faolligini susaytiruvchi ta’siri o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
pulikarin flavonoidining mitoxondriyalar ATF ga bog‘liq kaliy kanalini faollashtirishi xossasidan FA-F6-T083 raqamli «Yurak va silliq muskul hujayralarini Sa2+ -gomeostazini biologik faol moddalar yordamida modulyasiya yo‘llarini izlash va tavsiflash» mavzusidagi fundamental loyihasida yurak papillyar muskullariga ta’sirini tavsiflashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 21 fevraldagi 4/1255-482-son ma’lumotnomasi). Natijada pulikarinning kardioprotektor faolligini tavsiflash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish