Farsaxonova Dilafro‘z Rizaxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari  talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash  metodkasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped781.  
Ilmiy rahbar: Masharipova Umida Abduvoxidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:   
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya texnologiyalari (trening, keys stadi, SWOT tahlil, muammoli ta’lim)ni qo‘llashda Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy sifatlarini rivojlantirish tizimi samaradorligini aniqlovchi mezonlar (kognitiv, faoliyatli, natijaviy)i ijtimoiy kompetensiyalarni faoliyatda qo‘llay olish darajalari bilan o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasining protsessual jarayonlari mantiqiy-tuzilmaviy modeli (strategik maqsad, jarayon va natija) buyurtmachilarning talablariga mos holda o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda mul`timediali elektron resurslardan foydalanib talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini (shakl, metod, vosita, baholash) bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari: 
pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalari ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash metodikasini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va cport-tarbiyaviy ish” malaka talablari mazmuniga cingdirilgan (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2019 yil 3 oktyabrdagi 89-03-3702-con ma’lumotnomaci). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyalari mazmuni boyitilgan;
talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy sifatlarini rivojlantirish tizimi samaradorligini aniqlovchi mezonlar bo‘yicha berilgan takliflardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy mavzudagi suhbatlar, uchrashuvlar va bahs-munozaralar uyushtirish, tanlovlar va tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish jarayoniga  tatbiq etilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 oktyabrdagi 89-03-3702-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash metodikasini takomillashtirishga sharoitlar yaratilgan; 
talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasining protsessual jarayonlari mantiqiy-tuzilmaviy modelini takomillashtirish hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasiga oid takliflari bo‘yicha amaliy tavsiyalar asosida “Umumiy pedagogika” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i, 285-115 raqamli guvohnoma ). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini takomillashtirishga oid dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratilgan.