Nabiev Abdisamat Nabievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polianilinli kompleks sorbentlar asosida sanoat korxonalarining oqava suvlari va chiqindi gazlarini tozalash», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/K67.
Ilmiy maslahatchi: Muhiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02. 
Rasmiy opponentlar: Mutalov Shuxrat Axmadjonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sidikov  Abdijalol Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muxamedov Qobildjan G‘ofurovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polimer-polimerli fraktal strukturali komplekslarning sintezi va ular asosida olingan sorbentlar asosida ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari oqava suvlarini va zaharli gazlarini tozalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi usulda chiziqli va tikilgan polikislotalar asosida fraktal strukturali polianilinli komplekslari va ular asosidagi polianilinli sorbsion materiallari olingan; 
polianilinni polikislotalar bilan fraktal sharoitlarda o‘zaro ta’sirlanish kinetik qonuniyatlari aniqlangan hamda polianilinli komplekslar va ular asosidagi sorbsion materiallarni optimal tarkibi va olish texnik sharoitlari ishlab chiqilgan; 
polianilinli fraktal strukturali sorbentlari zamonaviy fizik-kimyoviy usullarida ularning fizik-kimyoviy mexanik, sorbsionlik va ishlatilish xossalari aniqlangang;  
olingan fraktal polianilinli komplekslar va ular asosidagi sorbsion materiallarning eng muhim xususiyatlari, shuningdek elektr o‘tkazuvchanligi, termik barqarorligi, sorbsionlik xossalari va destruksiyalanish sohalari aniqlangan; 
polianilinlarni polikislotalar bilan elektrofraktal sharoitlarda o‘zaro ta’sirlanishini interpolielektrolit jarayonlardek qarashlikni hamda olingan fraktal polianilinli komplekslar va ular asosidagi sorbsion materiallar harorat va rN muhitining keng interval qiymatlardagi barqarorligi isbotlangan;. 
qator sanoat korxonalari chiqindi gazlarini va oqava suvlarini tozalash uchun fraktal polianilinli komplekslar va ular asosidagi sorbsion materiallarni olish jarayonlarini ekspremintal moduli ishlab chiqilgan;
oqava suvlarini va chiqindi gazlarini tozalash texnologiyasi mukamallashtirilgan va polimer sorbentlarni dinamik sharoitlarda regeniratsiya qilish uslublari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ishlab chiqarish korxonalarning oqava suvlarini va chiqindi gazlarini yangi fraktal polianilinli komplekslar va sorbsion materiallar asosida tozalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fraktal interpolimer komplekslarini sintez qilish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP04297, 2011 y.). Natijada chiqindi gazlar va oqava suvlarini tozalashda ishlatiladigan fraktal strukturali sorbentlar olish imkonini bergan;
chiqindi gazlarni tozalash uchun sorbentni olish usuliga  O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP04294, 2011 y.). Natijada polianilin asosdagi fraktal komplekslarning yanada samarador sorbentlar olish imkoniyati yaratilgan;
polianilin sorbentini ishlab chiqarishning texnik sharti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 04973254-01:2019y). Natijada polianilinli komplekslar asosida olingan sorbentlarni import qilingan sorbentlar o‘rniga polianilin asosida olingan sorbentini ishlatish imkonini bergan;
sintez qilingan polianilinli kompleks sorbentlari “Navoiazot” AJda nitroza gazlarini tozalash jaryoniga joriy etilgan («Navoiazot» AJning 2019 yil 11 iyuldagi 54-son ma’lumotnomasi). Natijada atrof-muhitni nitroza gazlaridan tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish