Aytjanov Uzaqbay Eshchanovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi sharoitida turli xil qishloq xo‘jalik ekinlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va nazariy asoslarini ishlab chiqish», 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Qx136
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy maslahatchi: Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zaning «Chimboy-5018» navi (№ NAP 00093), «Do‘stlik-2» navi (№ NAP 00092), kungaboqarning «KK-60» navi (№ NAP 00179), kunjutning «Qarshig‘a» kunjutnavi, (№ NAP 00161).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 16 dekabrdagi 01-11/2520-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi:
turli duragaylash metodlari orqali g‘o‘zaning suv tanqisligiga va tuproq sho‘rlanishiga nisbatan bardoshli, tezpishar, tola sifati V tipga xos, kungaboqar va kunjutning serhosil, yuqori moydorlik belgilarini mujassamlashtirgan navlarni yaratish va birlamchi urug‘chiligini ko‘paytirish, navdorligini yaxshilash va urug‘lik zahiralarini jamg‘arishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston qurg‘oqchilik tuproq-iqlim sharoitida g‘o‘zaning G.hirsutum L.turiga mansub «Chimboy-5018», «Do‘stlik-2», kungaboqarning Helianthus annuus L. turiga mansub «KK-60», kunjutning Sesamum indicum L. turiga mansub «Qarshig‘a» navlari yaratilgan hamda ularning oddiy duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilar bo‘yicha genotipik polimorfizm aniqlangan;
suv tanqisligi sharoitida o‘zgaruvchanlik belgilarning poligen xususiyati va genotip muhitiga o‘zaro ta’siri asosida ro‘yobga chiqishi isbotlangan;
oddiy duragaylash metodlari orqali yaratilgan duragaylarda qimmatli xo‘jalik belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va shakllanishiga qiyosiy baho berish asosida asosiy qimmatli xo‘jalik belgilarning genetik tabiati hamda belgilarning yangi genetik o‘zgaruvchanligiga ega yuqori avlod duragaylarini ajratib olishdagi samaradorligi aniqlangan;
tur ichida oddiy duragaylash metodlari orqali qurg‘oqchilikka bardoshli ba’zi salbiy korrelyativ bog‘liqliklarni uzish, g‘o‘zada yuqori tezpisharlik va mahsuldorlik, tola chiqimi va sifati va boshqa belgilarning, kungaboqar va kunjutda tezpisharlik, hosildorlik, yuqori moydorlik, mag‘iz chiqimi va boshqa belgilarning yuqori majmuasiga ega rekombinantlar ajratib olish mumkinligi isbotlangan;
ajratib olingan asosiy xo‘jalik belgilari mujassamlashgan oila va tizmalardan amaliy seleksiyada qimmatli manba sifatida foydalanib, qurg‘oqchilikka bardoshli kungaboqarning yuqori moydor va mahsuldor, g‘o‘zaning tola sifati yuqori bo‘lgan serhosil navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orolbo‘yi sharoitida turli qishloq xo‘jalik ekinlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va nazariy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston qurg‘oqchilik tuproq-iqlim sharoiti uchun modellashtirilgan g‘o‘zaning «Chimboy-5018» va «Do‘stik-2», kungaboqarning «KK-60», kunjutning «Qarshig‘a» navilariga Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti olingan (Intellektual mulk agentligining 2019 yil16 dekabrdagi 01-11/2520-son xulosasi). Buning natijasida yangi g‘o‘za navlaridan yuqori hosil etishtirish hisobiga har gektar maydondan 3,7-4,5 s/ga qo‘shimcha hosil olingan, Kungaboqardan 20-25 s/ga va Kunjutning «Qarshig‘a» navidan o‘rtacha 21,0 s/ga hosil olishga erishilgan.
g‘o‘zaning «Chimboy-5018» navi 2007 yilda, «Do‘stik-2» navi 2011 yilda, kungaboqarning «KK-60» navi 2015 yilda, kunjutning «Qarshig‘a» navi 2017 yilda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida istiqbolli navlar ro‘yxatiga kiritilgan va mazkur hududlarda ekish uchun qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reestriga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 28 noyabrdagi 01/06-3515-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2007-2019 yillar davomida g‘o‘zaning «Do‘stlik» navi 116986,5 gektar, «Chimboy-5018» navi 70745,6 gektar, kungaboqarning «KK-60» navi va kunjutning «Qarshig‘a» navi 12 gektardan maydonlarga ekish rejaga kiritilishiga erishilgan.
2007-2019 yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot, Chimboy, Kegayli tumanlarida g‘o‘zaning «Do‘stlik» navi 116986,5 gektar, «Chimboy-5018» navi 70745,6 gektar, kungaboqarning «KK-60» navi 12 gektar, kunjutning «Qarshig‘a» navi 12 gektar er maydonlarida ekilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi 2019 yil 28 noyabrdagi 01/06-3515-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklaridan davlat bilan tuzilgan shartnomaviy rejaga nisbatan qo‘shimcha 3,7-4,5 s/ga paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 116-119 foizga etgan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Kungaboqarda hosildorlik 20-25 s/ga etdi va rentabellik darajasi 180-200 foizdan oshgan. Kunjutning «Qarshig‘a» navidan o‘rtacha 21,0 s/ga hosil olinib, iqtisodiy samoradorligi 25,2 mln so‘mni tashkil etgan.