Yusupov Muxtorjon Tojiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzumni quritish texnologik jarayonini modellashtirish va optimallashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T182.
Ilmiy rahbar: [Mamatqulov Abduqodir Xamidjonovich], texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Mannapovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Ziyoviddin Xabibovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IQ-konvektiv qurilma asosida uzumni quritish texnologik jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xomashyoga qisqa muddatli dastlabki IQ-ishlov berib, uzumning namlik berish koeffisientini oshirish hisobiga IQ-konvektiv usulda energiya beriladigan quritish jarayonini jadallashtirish istiqboli aniqlangan; 
ko‘p pog‘onali tahlilning metodologik asosida uzumni quritish jarayoni uchun ierarxiya pog‘onalarida alohida o‘ringa ega bo‘lgan fizik-kimyoviy effekt va hodisalar shakllantirilgan va differensial tenglamalar ko‘rinishida tavsiflangan;
uzumga donagiga IQ-oqimning ta’siri nurlatgich diametri va uning joylashgan balandligi hamda ishlov berish vaqtiga o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan; 
uzumga IQ-ishlov berish va IQ-konvektiv quritish jarayonida uzum donasi radiusi bo‘yicha temperatura va namlikning tarqalishi aniqlangan;
uzumni quritish texnologik jarayoni matematik modellashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Quritilgan uzum ishlab chiqarishda samaradorlikni oshirishni takomillashtirish va mahsulot  sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzumni quritish jarayonining takomillashtirilgan texnologiyasi «Turakurgan-Shirinlik» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» AJning 2019 yil 17 iyuldagi AK/05-2-1053-son ma’lumotnomasi). Natijada eksportbop, chet el iste’molchilari talablariga javob beruvchi samarali quritilgan uzum ishlab chiqish 37%ga  va tayyor mahsulot sifatini  52%ga oshirish imkonini bergan;
fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari yuqori quritilgan uzum mahsuloti olish texnologiyasi «Navigul» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» AJning 2019 yil 17 iyuldagi AK/05-2-1053-son ma’lumotnomasi). Natijada etishtirilayotgan mahsulot miqdorini 24% ga, tarkibidagi mikroelementlar miqdori saqlanishini 17% ga, ishlab chiqarish samaradorligini 27% ga oshirish imkonini bergan;
organoleptik ko‘rsatkichlari ustun bo‘lgan quritilgan uzum olish texnologiyasi «Obod turmush orzusi» fermer xo‘jaligi tarkibida tashkil etilgan quritish ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekoziqovqatxolding» AJning 2019 yil 17 iyuldagi AK/05-2-1053-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyor mahsulotning import uchun yo‘naltirilishi 80% ga,  ishlab chiqarish samaradorligini 33% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish