Usmonov Bahriddin Ahmedovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Amir Temur va Temuriylar davrida Farg‘ona vodiysining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.1DSc/Tar118.
Ilmiy rahbar: Yusupova Dilorom Yunusovna. tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019 Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Uvatov Ubaydullo Murodovich, tarix fanlari doktori, professor; Buriev Amanulla, tarix fanlari doktori; Allaeva Nigora Ashirovna, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amir Temur va Temuriylar davlatining chegara hududi sifatida Farg‘ona vodiysining strategik ahamiyatini va bu erda yuz bergan tarixiy jarayonlarning saltanat markazida kechgan voqelik bilan o‘zaro bog‘likligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
numizmatik materiallarni yozma manbalar bilan solishtirish orqali XIV asrning 40-yillarida vodiyning g‘arbiy qismidagi Xo‘jand va Marg‘ilon shaharlari Movarounnahr davlati, Axsi va Andijon shaharlari joylashgan sharqiy qismi Mo‘g‘uliston tarkibiga kirganligi aniqlangan;
Farg‘ona ulusi Movarounnahrning shimoli-sharqiy chegaralari xavfsizligini ta’minlash zaruriyati natijasida tashkil etilgan ilk ma’muriy-hududiy birlik ekanligi dalillangan;
Farg‘onaning ulus sifatida tugatilib Movarounnahr tarkibiga kiritilishi Mo‘g‘ulistonda Amir Temurga xayrixoh kuchlarning hokimiyat tepasiga kelishi tufayli uni saqlab turishga ehtiyoj yo‘qolishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
XV asrning boshlarida mamlakatning markaziy hududlaridan ajralib qolgan Farg‘ona vodiysining Mirzo Ulug‘bek (1409-1449) tomonidan Movarounnahr tarkibiga qo‘shib yuborilishi sharqiy chegaralarning mustahkamlanishi hamda o‘zaro urushlarga barham berilishiga olib kelganligi ko‘rsatib berilgan;
Sulaymoniy, Muhammad Muammoiy, Vali Qalandar, Volaxiylarning Zahiriddin Muhammad Bobur emas, Abulqosim Bobur saroyida xizmat qilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temur va Temuriylar davrida Farg‘ona vodiysining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Amir Temur davlatchilik faoliyatining boshlanishi arafasida vodiyning g‘arbiy qismidagi Xo‘jand va Marg‘ilon shaharlari Movarounnahr davlati, Axsi va Andijon shaharlari joylashgan sharqiy qismi Mo‘g‘uliston tarkibiga kirganligi, Farg‘onaning ulus sifatida tugatilib Movarounnahr tarkibiga kiritilishi Mo‘g‘ulistonda Amir Temurga xayrixoh kuchlarning hokimiyat tepasiga kelishi tufayli uni saqlab turishga ehtiyoj yo‘qolishi bilan bog‘liqligi, ma’lum bir meva turlariga ixtisoslashgan bog‘dorchilik markazlarining shakllanganligi kabi ilmiy xulosalar asosida tayyorlangan xarita, jadval va boshqa nashriy manba ko‘rinishidagi muzey hujjatlar fondiga taqdim etilgan ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozision rejalarini tuzishda, ko‘rgazmalar tashkil etishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 01-12-10-5266-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzey fondini boyitishga, ilmiy-ommabop ma’lumotnomalar tuzishga, ularni ilmiy jihatdan asoslashga manba sifatida xizmat qilgan;
Farg‘ona ulusi Movarounnahrning shimoli-sharqiy chegaralari xavfsizligini ta’minlash zaruriyati natijasida tashkil etilgan ilk ma’muriy-hududiy birlik ekanligi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA Temuriylar tarixi muzeyida bajarilgan FA-A-1-010 raqamli “Amir Temur ensiklopediyasini tuzish va nashrga tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 29 oktyabrdagi 3/1255–2850-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etilishi Farg‘ona vodiysining siyosiy tarixini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga asos bo‘lgan;
XV asrning boshlarida mamlakatning markaziy hududlaridan ajralib qolgan Farg‘ona vodiysining Mirzo Ulug‘bek (1409-1449) tomonidan Movarounnahr tarkibiga qo‘shib yuborilishi sharqiy chegaralarning mustahkamlanishi hamda o‘zaro urushlarga barham berilishiga olib kelganligi haqidagi xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan A-1-009 raqamli “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 sentyabrdagi 89-03-3278-son ma’lumotnomasi). Natijada barkamol avlodda vatanparvarlik, bunyodkorlik sifatlarini rivojlantirish, ularni ajdodlarning ilmiy-madaniy merosiga sadoqat ruhida tarbiyalashda har bir tarixiy shaxsning ma’lum bir hudud bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganishning amaliy ahamiyati borasida ilmiy xulosalar chiqarilishiga xizmat qilgan;
Yangi ulus ta’sis etilishining siyosiy va iqtisodiy natijalari, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy-muhandislik inshootlarini qurishga e’tibor qaratilganligi haqidagi xulosalardan “Dunyo bo‘ylab” telekanalida 2019 yilda namoyish etilgan “Ekspedisiya” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 08-14-433-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning ilmiy dalillarga boy va xalqchil bo‘lishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish