Mansurov Muzaffarjon Sharifjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysida turizmning rivojlanish jarayonlari va holati (1980-2018 y.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.2. (PhD)/ Tar191.
Ilmiy maslahatchi:Qo‘ldosh Ergashev, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdulla, tarix fanlari doktori, professor;
Jannat Ismoilova, tarix fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1980-2018 yillarda Farg‘ona vodiysida turizmning asosiy yo‘nalishlarining rivojlanish tarixini ilmiy jihatdan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sobiq sovet davrida turizmdan kommunistik mafkuraning targ‘ib qilish vositasi sifatida foydalanilgani, sayohat dasturlari “adolatli kelajak” imidji doirasida ishlab chiqilganligi, sotsializmning kelajagi “porloq” ekanligi namoyish qilinib, turizm sohasining moddiy-texnik bazasining nochorligi, kommunal sohadagi muammolar, mehmonxona va restoranlarning jahon standartlartlariga javob bermasligi tarmoq rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oqibatida mazkur soha e’tibordan chetda qolib ketganligi ochib berilgan;
mustaqillik yillarida turizmning maxsus industriya sifatida shakllanishi, xususiylashtirish va tuzilmaviy islohotlarning amalga oshirilishi turizm infrtuzilmasining kengayishiga imkon yaratib, mintaqa iqtisodiy salohiyatining oshishi hamda byudjetining o‘sishiga xizmat qilganligi asoslangan.
Farg‘ona vodiysida arxeologik va ziyorat turizmini rivojlantirishda tarixiy turizm potensiallaridan foydalanilishi, ochiq osmon ostidagi arxeologik muzey qo‘riqxonalarning tashkil etilishi bir tomondan shahar va qishloq hududlari infratuzilmasining yaxshilanishiga, ikkinchi tomondan turizm klassterlarining shakllanishiga va yangi tur marshrut yo‘nalishlarining yo‘lga qo‘yilishiga xizmat qilganligi aniqlangan;
mintaqada milliy an’anaviy brendlarni yaratish bilan turizmdan keladigan daromadni oshirish, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik markazlari bo‘ylab tur marshrutlarning yo‘lga qo‘yilishi kabi qator tadbirlarning amalga oshirilishi turizm imidjini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Farg‘ona vodiysida turizmning rivojlanish tarixi va hozirgi holati masalalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, olingan ilmiy natijalaridan:
Farg‘ona vodiysida joylashgan arxeologik yodgorliklarni vigitatsiya va vandalizm ta’siridan asrash maqsadida arxeologik yodgorliklarning muhofaza zonalarini belgilash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan “Shaharsozlik” kodeksi hamda 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan “Madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlarga qo‘shimchalar kiritish va Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirishda rekreatsion turistik zonalar tashkil etish, mehmonxona va restoran biznesini rivojlantirish haqidagi ilmiy xulosalaridan Farg‘ona vodiysidagi hududiy dasturlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasining 2018 yil 28 avgustdagi 03-22/4857 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llanilishi, tadqiqotda qo‘lga kiritilgan ilmiy yangiliklar Farg‘ona vodiysidagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va kichik turizm zonalarini tashkil qilish istiqbolli rejalarini tuzishga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysi bo‘ylab amalga oshirilgan, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan “Qo‘qon xonlari dam olish yo‘llari bo‘ylab sayohat” (Qo‘qon–Yormozor), “Qo‘qon xonlari ziyorat qilganqadamjolar bo‘ylab sayohat” (Vodil–Yordon–Shohimardon), “Qo‘qon xonlari ov qo‘riqxonalari bo‘ylab sayohat” (Yozyovon, Xonobod), “Bobur qadamjolari bo‘ylab sayohat” (Farg‘ona viloyati So‘x tumani va Quvasoy shahri), turli millatlar an’analarini namoyish qilish maqsadida Uchko‘prik–Yozyovon–Farg‘ona–Quvasoy tuman va shaharlari bo‘ylab sayohat, dinlararo tolerantlikni namoyish qilish maqsadida Qo‘qon–Uchko‘prik–Marg‘ilon–Farg‘ona–Quvasoy–Quva tuman va shaharlar yo‘nalishlari bo‘ylab sayohat marshrutlari ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi PQ-3514-sonli “Ichki turizmni rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 2/2 bandi ijrosini ta’minlashda foydalanildi (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining 2018 yil 17 avgustdagi №04.13/4289.dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiqi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasidagi targ‘ibotlarni amalga oshirishga, maxsus teleko‘rsatuvlar tayyorlashga, turizm sohasini ustuvor yo‘nalishlari tarixini o‘rganish va tahlil qilishga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysida hunarmandchilik turizmi, Qo‘qon qog‘ozini qayta tiklash, Qo‘qon miniatyura va hattotlik maktabi an’analarini yanada rivojlantirish orqali turizm brendini yaratish, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon, Rishton, Bag‘dod, Buvayda, Quva tumanlarida ochiq osmon ostidagi hunarmandchilik markazlarini tashkil etish tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Hunarmand uyushmasining 2018 yil 3 avgustdagi № ShR12/873. dalolatnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi Farg‘ona viloyatida milliy turizm brendlarini tiklanishiga va sayyohlar oqimining oshishiga olib keldi.