Sayfullaev Durbek Baxtiyorovichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi madaniy diplomatiyasining shakllanishi va rivojlanishi», 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1 DSc/Tar154
Ilmiy maslahatchi: Mavrulov Abduhalil Abdulhaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.ss/tar.21.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qirg‘izboev Abdug‘appor Karimjonovich tarix fanlari doktori, professor; Nuriddinov Erkin Zuhriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi madaniy diplomatiyasining evolyusiyasi va rivojlanish yo‘nalishlari ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mamlakatimiz madaniy diplomatiyasining ildizlari o‘zbek davlatchiligi tarixida davrning siyosiy tizimi, ichki va tashqi siyosiy jarayonlar ta’sirida notekis rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lganligi  asoslangan;
mustaqillik yillarida madaniy diplomatiyaning shakllanish va rivojlanish tarixi  ikki  bosqichda, birinchi bosqich (1991-2016 yy.) demokratik davlatchilik asoslarini yaratishning murakkab jarayonlar sharoitida va uning davr talabiga moslashishi qiyin kechganligi, ikkinchi bosqich - Yangi O‘zbekiston sharoitida ushbu diplomatiyaning faollashuvi, jadallashuvi va keng qamrovli rivojlanayotganligi asoslangan;
mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli millatlarning madaniy rivojlanishiga demokratik prinsiplar asosida keng imkoniyatlar berilishi mamlakatning madaniy diplomatiyasida o‘zining ijobiy natijasini berayotganligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalishning amalda samarali joriy etilishi sababli tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lgan madaniy diplomatiyadan, jumladan uning ijobiy usul va vositalarini yetakchi davlatlar tomonidan ham mamlakatimizda keng qo‘llash imkoniyatlari yaratilayotganligi ochib berilgan;
hozirgi davrda O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasi shakllanishi va rivojlanishi teng huquqlilik, o‘zaro hurmat prinsiplariga asoslanib, ayniqsa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida o‘ziga xos preventiv, tashabbuskor va hamkorlar uchun ochiqlik kabi xususiyatlarga egaligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mamlakatimiz madaniy diplomatiyasining ildizlari o‘zbek davlatchiligi tarixida davrning siyosiy tizimi, ichki va tashqi siyosiy jarayonlar ta’sirida notekis rivojlanish xususiyatiga ega bo‘lganligi  borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi “Moddiy madaniy meros ob’ektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar qiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-560 Qonunni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 19 dekabrdagi 24-14/2552-son ma’lumotnomasi). Mazkur hujjat qabul qilinishi natijasida moddiy madaniy meros ob’ektlari muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishga, sohaga tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida madaniy diplomatiyaning shakllanish va rivojlanish tarixi  ikki  bosqichda, birinchi bosqich (1991-2016 yy.) demokratik davlatchilik asoslarini yaratishning murakkab jarayonlar sharoitida va uning davr talabiga moslashishi qiyin kechganligi, ikkinchi bosqich - Yangi O‘zbekiston sharoitida ushbu diplomatiyaning faollashuvi, jadallashuvi va keng qamrovli rivojlanayotganligi borasidagi xulosalardan «O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi»da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 01-12-03-6192-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat va jamiyat faoliyatining madaniyat sohasini modernizatsiya qilish va islohotlarni o‘tkazish, innovatsiyalarni joriy qilish, jamiyatni rivojlantirishning maqsad va ahamiyatini anglashga xizmat qiluvchi madaniy muhit yaratish uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilgan; 
mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli millatlarning madaniy rivojlanishiga demokratik prinsiplar asosida keng imkoniyatlar berilishi mamlakatning madaniy diplomatiyasida o‘zining ijobiy natijasini berayotganligi borasidagi xulosalardan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan ikki yoqlama hamkorlik to‘g‘risida tahliliy materiallar tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 1 iyundagi 01-16-718- son ma’lumotnomasi). Natijada milliy-madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari rolini yanada oshirish va ularning aholi hayotidagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yo‘nalishning amalda samarali joriy etilishi sababli tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lgan madaniy diplomatiyadan, jumladan uning ijobiy usul va vositalarini yetakchi davlatlar tomonidan ham mamlakatimizda keng qo‘llash imkoniyatlari yaratilayotganligi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan «Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005 yil 20 oktyabr`) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun qabul qilishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 17 dekabrdagi 10/1-788-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy o‘zlikni namoyon qilishning turli xil shakllarini saqlash va rag‘batlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlik, hamfikrlikni mustahkamlash asosida turfa madaniyatlarning erkin muloqoti uchun zarur sharoitlar yaratish borasida o‘tkazilgan tadbirlarning samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish