Barsukova Elena Georgievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «IX-XVI asrlarda O‘rta Osiyo madaniy inshootlari arxitekturasi va bezaklariga tasavvufning ta’siri», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.1.(PhD)/A17.
Ilmiy rahbar: Nozilov Dodo Avazovich, arxitektura doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSs.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Hidoyatov Timur Abrarovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Sadikova Sitora-Bonu Nematjonovna arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD); 
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: so‘fiylikning madaniy me’morchilik shakllari va bezaklarining ramziy va semantik xususiyatlariga, rivojlanish  qonuniyatlariga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rejaviy va fazoviy belgilariga ko‘ra islomgacha bo‘lgan ibodat binolari 4 ta kompozisiyada: saroy-ayvonli, markaziy katta zalli, katta bo‘lmagan murabba shaklidagi markaziy taqsimlovchi hududli, G-simon assimetrik kompozisiyalarda shakllanganligi aniqlangan;
islomgacha bo‘lgan davrdagi ibodat inshootlarining uch yoki to‘rt tomondan yo‘laklar bilan aylantirilgan markaziy zalli tipologiyasi islom davri masjidlarida markaziy hovli atrofidagi ochiq ayvon tarzida transformatsiyalanganligi isbotlangan; 
ornament  geometriyasi, dekorning badiiy naqshi va rangi ta’sirini numerologiyadagi uchlik komponentlari tamoyili jihatidan talqin etish taklif etilgan;
ornament va rangning tasavvufiy  «latifa» nazariyasi bilan o‘zaro bog‘liqligining grafik sxemasi taklifi Bibi xonim masjidi misolida ishlab chiqilgan; 
«zohir va botin» tushunchalari asosida ibodat inshootlaridagi me’moriy bezakni  «o‘qish»  metodikasi ishlab chiqilgan hamda kuzatuvchiga ikki  tipdagi (chap va o‘ng) miyani faollashtirish orqali qabul qilish va anglashiga ta’siri insonni noodatiy oliy taffakur darajsigacha olib chiqishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «IX-XVI asrlarda O‘rta Osiyo madaniy inshootlari arxitekturasi va bezaklariga tasavvufning ta’siri» mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqandda joylashgan IX-XVI asrlarga mansub madaniy-me’moriy yodgorliklarning arxitekturaviy shakllari va bezaklari, ularning falsafiy nuqtai nazardan mazmun mohiyati yuzasidan olingan ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10 yanvardagi 01-12-10-94-son dalolatnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Samarqand muzey-qo‘riqxonasi materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
sayyohlik marshrutlarining eng ahamiyatli qismlarida joylashgan arxitektura ob’ektlari bezaklarining shakllanishida tasavvuf ilmining ta’siri yuzasidan ishlab chiqilgan grafiklar va jadvallardan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 8 yanvardagi 03-22/147-son dalolatnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi respublikada ziyorat turizmini takomillashtirish, gidlar uchun o‘quv qo‘llanmalar yaratish imkonini yaratgan.