Xudayarov Uktam Jurakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston aholisining milliy va ijtimoiy tarkibi (1925-1991 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.3.PhD/Tar.550.
Ilmiy rahbar: Nabiev Farxod Hamidovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor; Dilorom Bobojonova, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston aholisining 1925–1991 yillardagi milliy va ijtimoiy tarkibidagi  o‘zgarishlar hamda ularning oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston hududida aholi milliy tarkibini o‘sishiga bir tomondan 1920-yillar boshlarida Rossiyada boshlangan ommaviy ocharchilikning ta’siri natijasida aholining O‘zbekistonga ko‘plab kirib kelishi, ikkinchi tomondan ayrim etnik guruhlarning alohida millat sifatida ko‘rsatilib, milliy-hududiy chegaralanish natijasida aholi tarkibidagi millatlar miqdorining ortishi sabab bo‘lganligi aniqlangan; 
1926, 1939 yillarda aholini ro‘yxatga olish jarayoni O‘zbekistonda milliy masalaga oid sovet nazariyasi va amaliyoti natijasida, milliy tarkibidagi o‘zgarishlar, dastlab mahalliylashtirish, so‘ngra “yagona sovet xalqi”ni shakllantirishga qaratilgan siyosat bilan birgalikda amalga oshirilganligi aniqlanib, mazkur holat kam sonli xalqlarni birlashtirib yuborish, etnik xususiyatlarni zo‘rlik bilan yo‘qotish bilan amalga oshirilganligi aniqlangan;
1950 yillar o‘rtalaridan respublikaning Sirdaryo, Jizzax va Qarshi hududlaridagi yangi erlarni o‘zlashtirilishi jaryonida aholining majburan ko‘chirib keltirilishi barobarida yashash uchun zaruriy infratuzilmaning e’tiborga olinmasligi mavjud hududlarda keyinchalik ijtimoiy hayotni keskinlashishiga olib kelganligi ochib berilgan;
XX asrning 60-90-yillarida O‘zbekiston SSRning shahar va qishloq aholisi sonining o‘sishi bevosita ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilgan siyosat (sanoatlashtirish, shaharsozlik va b.) bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur holat ijtimoiy hayotda qator muammolarni (sog‘liqni saqlash, ishsizlik, nochorlik va b.) yuzaga keltirganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovet davrida O‘zbekiston aholisining milliy va ijtimoiy tarkibidagi o‘zgarishlar tarixi bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
1925-1991 yillar O‘zbekistonda milliy masalaga oid sovet nazariyasi va amaliyotining aholi milliy tarkibidagi o‘zgarishlarga ta’siri va uning oqibatlari  to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyining o‘lkashunoslik va etnografiya bo‘limlari ekspozisiyalarini yangi manbalar bilan to‘ldirishda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2017 yil 11 dekabrdagi 01-11-10-6262-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari 1925–1991 yillarda O‘zbekiston aholisining dinamikasi, etnik tarkibi, demografik jarayonlarni yoritib berishga xizmat qilgan;
1925-1991 yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy siyosatning natijasida O‘zbekiston aholisining ijtimoiy tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar va oqibatlariga oid materiallardan Samarqand STV teleradiokanalida tayyorlangan «Mustabid sovet tuzumi davrida O‘zbekiston aholisining milliy va ijtimoiy tarkibi» turkum ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasining 2018 yil 19 yanvardagi I/27-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning ilmiy xulosalari sovet davri sinfiylik siyosatining mohiyati, uning jamiyat ijtimoiy tuzilmasi o‘zgarishiga ko‘rsatgan ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston SSRda aholining turli etnik guruhlari o‘rtasida milliy va ijtimoiy munosabatlar hamda ijtimoiy hayotda yuzaga kelgan muammolar haqidagi xulosalar  Respublika Ma’naviyat va madaniyat markazi Samarqand viloyati bo‘limi faoliyatida foydalanilgan. ( O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va madaniyat markazining 2019 yil 19 avgustdagi 02/09-1113-19 -son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar O‘zbekistonda millatlararo hamjihatlik va totuvlik munosabatlari hamda ijtimoiy hayot muammolarini keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga asos bo‘lgan.