Xudayarova Xurshida Abdunazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda chakana bank xizmatlari amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt989.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ortiqov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan chakana bank xizmatlari amaliyotining hozirgi holatini tadqiq etish va uni takomillashtirishga oid taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari resurslari tarkibida jismoniy shaxslar mablag‘lari ulushini oshirish, aholining bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari orqali qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadida banklar amaliyotiga yangi -«Investision omonat» turini joriy etish taklif etilgan;
jismoniy shaxslarga ajratiladigan kreditlar tarkibida kredit kartalar orqali kreditlash amaliyotini joriy etish asosida qulay to‘lov xizmatlarini yaratish, jismoniy shaxslarga kredit ajratish mexanizmini yanada soddalashtirish, kredit portfeli diversifikatsiyasini ta’minlash orqali bank riskini samarali boshqarish asoslangan;
hududning institutsional, ijtimoiy iqtisodiy holatini hisobga olgan holda, bank mijozlari bozorini iqtisodiy, demografik, ijtimoiy me’yorlar asosida segmentlash orqali, bank xizmatlarini shuningdek, xizmatlar tarif va foiz stavkalarini belgilash taklif etilgan;
bank xizmatlari ommabopligini oshirish va ular amaliyotini takomillashtirishda bank xarajatlarini kamaytirishga imkon beruvchi «Kross sotuv» amaliyotini joriy qilish asosida bank chakana xizmatlari realizatsiyasini kengaytirish taklif etilgan;
bank chakana xizmatlari bozorini takomillashtirishga qaratilgan strategik maqsadga erishishda, chakana bank xizmatlarini etkazib berish jarayonini bir standartga solish asosida zamonaviy, innovatsion «online» xizmat turlarini joriy etish orqali bank chakana xizmatlari bozorini takomillashtirish hamda bank mijozlari talabini qondirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda chakana bank xizmatlari amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
An’anaviy omonat turlari bilan bir qatorda, yangi omonat turlarini joriy etish orqali tijorat banklari resurslari tarkibida jismoniy shaxslarning mablag‘larini oshirish taklifi ATB «Qishloqqurilishbank» va ATB «Sanoatqurilishbank» tomonidan depozit siyosatiga kiritilgan (ATB «Qishloqqurilishbank»ning 2019 yil 30 oktyabrdagi 03/15-12-9905-son, ATB «Sanoatqurilishbank»ning 2019 yil 23 oktyabrdagi 07-1-01-14/171-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ATB «Qishloqqurilishbank» tomonidan jalb etilgan omonatlar hajmi 32,2 foizli punktga, ATB «Sanoatqurilishbank»da esa 14,4 foizli punktga o‘sishiga erishilgan;
Chakana bank xizmatlari tarkibidagi kredit xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, jismoniy shaxslarga ajratiladigan kredit xizmatlari turlarini oshirish bunda kredit kartochkalar ko‘lamini kengaytirish taklifi ATB «Qishloqqurilishbank» va ATB «Sanoatqurilishbank» tomonidan kredit siyosatiga kiritilgan (ATB «Qishloqqurilishbank»ning 2019 yil 30 oktyabrdagi 03/15-12-9905-son, ATB «Sanoatqurilishbank»ning 2019 yil 23 oktyabrdagi 07-1-01-14/171-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida ATB «Qishloqqurilishbank»ning jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi 1,3 barobarga oshishi, ATB «Sanoatqurilishbank» amaliyotida 2,1 barobarga oshishi ta’minlangan;
Zamonaviy sotishni yo‘llaridan biri hisoblangan «Kross sotuv» tizimini tijorat banklari amaliyotiga joriy qilish orqali chakana xizmatlari realizatsiyasini yanada kengaytirish taklifi ATB «Sanoatqurilishbank»ning 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Biznes rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «Sanoatqurilishbank» ning 2019 yil 23 oktyabrdagi 07-1-01-14/171-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifining amaliyotga tatbiqi natijasida bankning chakana mijozlari 2,5 martaga oshgan;
Bank chakana xizmatlari bozorini takomillashtirishga qaratilgan strategik maqsadga erishishda, chakana bank xizmatlarini etkazib berish jarayonini bir standartga solish asosida zamonaviy, innovatsion «online» xizmat turlarini joriy etish orqali, bank chakana xizmatlari bozorini yanada takomillashtirish hamda bank mijozlari talabini qondirish taklifi ATB «Qishloqqurilishbank» hamda ATB «Sanoatqurilishbank» tomonidan, bankning rivojlantirish strategiyasiga kiritilgan (ATB «Qishloqqurilishbank»ning 2019 yil 30 oktyabrdagi 03/15-12-9905-son, ATB «Sanoatqurilishbank»ning 2019 yil 23 oktyabrdagi 07-1-01-14/171-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning ATB «Qishloqqurilishbank»ning amaliyotida joriy etilishi, «Mobil banking» tizimidan foydalanuvchilarni 91,4 foizga, «Internet banking» xizmatidan foydalanuvchilarni 20,8 foizga oshirgan bo‘lsa, ATB «Sanoatqurilishbank»da jami «Mobil banking» va «Internet banking» xizmatlaridan foydalanuvchilarini 40 foizga o‘sishini ta’minlagan.