Medetova Raushan Mamadiyarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda milliy an’analar asosida bag‘rikenglikni shakllantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3DSc/Ped80.
Ilmiy maslahatchi: [Fayzulina Saniya Xanafievna], pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirova Fatima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Karimov Baxtiyor Raxmanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv-tarbiya jarayonida milliy an’analar asosida o‘quvchilarda bag‘rikenglikni shakllantirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
1-9 sinf o‘quvchilarida bag‘rikenglikni shakllantirish mexanizmi ijtimoiy ahamiyatga molik shaxs sifatlariga tayanuvchi faoliyat va ilmiy-amaliy bilimlar uyg‘unligi vositasida milliy o‘zlikni anglash hamda xalq merosini bilishga asoslangan etnik bilimdonlikni integratsiyalash orqali takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarda bag‘rikenglikni shakllantirish texnologiyasi milliy an’analar hamda tarixiy meros komponentlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarda bag‘rikenglikni shakllantirishga nisbatan konseptual yondashuvlar shaxsiy makonda etnik bilimdonlik va etnik identifikatsiyani o‘zaro integratsiyalash asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchilarda bag‘rikenglikni shakllantirishga qaratilgan lokal-modulli ta’lim texnologiyalari ta’limni darajali tabaqalashtirish mezonlarini aksiologik, kognitiv, emotsional, motivatsiyali, refleksiv-baholovchi sathlar bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda bag‘rikenglik (o‘z-o‘zini bilish, himoyalanganlik, mas’uliyatlilik, dialogga kirishishga ehtiyoj, o‘zlikka asoslanish, empatiyaga layoqatlilik, avtoritarizimning mavjud emasligi)ni shakllantirish modeli bag‘rikeng muloqot qoidalari hamda “Ko‘ngilli maslahatlar bo‘yicha ma’lumotlar”ni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘quvchilarda milliy an’analar asosida bag‘rikenglikni shakllantirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
1-9-sinf o‘quvchilarida ilmiy va amaliy bilimlar vositasida bag‘rikenglik va tolerantlikni shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Davlat ta’lim standartlari mazmuniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 19 sentyabr` 01-01/1-3-418-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda bag‘rikenglik va tolerantlikka oid nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar takomillashgan;
o‘quvchilarda bag‘rikenglikni shakllantirishning takomillashtirilgan modeli hamda milliy an’analardan foydalanishning axborot-metodik ta’minotiga oid taklif va tavsiyalar Milliy madaniy markazlar faoliyati ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va uni amalga oshirish harakat dasturi mazmuniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalar va millatlararo munosabatlar bo‘yicha qo‘mitaning 2017 yil 21 noyabr` 03-08-824-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston xududidagi madaniy markazlar faoliyatida yurtimizda yashayotgan xalqlarning millliy va etnik qadriyatlariga ustuvorlik berish asosida targ‘ib qilish ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarda bag‘rikenglikni shakllantirishga qaratilgan lokal-modulli ta’lim texnologiyalari hamda uni tabaqalashtirishga oid takliflardan ITD-1-17 raqamli “O‘quvchilarda umummilliy va tolerantlik dunyoqarashini shakllantirish va ushbu jarayonda ma’naviy-psixologik xizmatning tutgan o‘rni” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda amalda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 19 sentyabr` 01-01/1-3-418-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur modelni joriy etishning axborot-metodik ta’minoti o‘quvchilarda tolerantlik madaniyatini rivojlantirish uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘quvchilarda bag‘rikenglikni shakllantirish modeli bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan gumanitar o‘quv predmetlari bo‘yicha darslar, to‘garaklar, maktabdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga sigdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 19 sentyabr` 01-01/1-3-418-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning o‘z-o‘zini anglash va umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish samaradorligi ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish