Abdullaev Ikram Iskandarovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Termitlar populyasiyalarining ekologiyasi va ularning tabiiy hamda urbanlashgan ekotizimlardagi ahamiyati», 03.00.06 – zoologiya (biologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /biologiya fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.B.91.

Ilmiy maslahatchi: Xamraev Aloviddin Shamsiddinovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, 14.07.2016.V.15.01.

Rasmiy oppenentlar: Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Madaminbek Xatamovich, biologiya fanlari doktori, professor; Dadaev Saydulla,biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

  II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning tabiiy hamda urbanlashgan ekotizimlaridagi Anacanthotermes avlodi termitlar populyasiyasi ekologiyasini kompleks aniqlash va termitlar sonini nazorat qilishning samarali biologik usullarini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor dunyo faunasi uchun termitlarda nematodaning yangi Caenorhabditis sp. turi aniqlangan;

Anacanthotermes avlodi termitlari so‘lak bezida laktaza fermenti faolligi aniqlangan;

ilk bor termit tanasi, uya kameralari va oziqasidan 24 turdagi zamburug‘lar ajratib olingan va tur tarkibi aniqlangan;

marokash chigirtkasidan ajratib olingan, termitlarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan Beauveria tenella (Del) Siem BD-85 shtammining virulentligi oshirilgan;

ilk bor kungaboqar poyasi, Beauveria tenella (Del) Siem BD-85 va Bacillus thuringiensis shtammlari asosida termitlar miqdorini boshqarish xususiyatiga ega bo‘lgan patogenli em-xo‘rak yaratilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Termitlar populyasiyalarining ekologiyasi va ularning tabiiy hamda urbanlashgan ekotizimlardagi ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

termitlarga qarshi yaratilgan zaharli em-xo‘rak Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasining «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati»ga kiritilgan (25.02. 2013 y., № 2-2/1-28);

termitlarga qarshi zaharli va patogenli em-xo‘rak Respublika termitlarga qarshi kurash markazi tomonidan «Ichon-Qal’a» davlat muzeyi qo‘riqxonasi, aholi turar joy binolari va ochiq maydonlarda qo‘llanilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 15 apreldagi 02/90-542-sonli ma’lumotnomasi). Termitlardan zararlanishni 90%, populyasiyalarda termitlar miqdorini 80% gacha pasayishiga erishilgan hamda qanotli tabaqalarining uyadan ko‘chib chiqish migarsiyasini keskin qisqartirish imkonini bergan;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 fevraldagi 27-son «Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan «Termitlarga qarshi kurash tizimiga oid tavsiyalar» tayyorlanib, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 15 apreldagi 02/90-542-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi tomonidan tatbiq qilinib, ochiq maydonlarda termitlar tarqalishining oldini olish va turar joy binolarida termitlar zararini kamaytirish imkonini bergan;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 fevraldagi 27-son «Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun «Biozararlanish» darsligi chop qilingan (hammualliflikda);

A.ahngerianus va A. turkestanicus turlarining tarqalishi bo‘yicha tadqiqot natijalari dunyo termitlar faunasi sistematikasini takomillashtirish maqsadida Amerika tabiat tarixi muzeyi nashriyoti orqali chop qilingan «Dunyo termitlari haqida ilmiy risola»ga kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish