Masharipov Azamat Sabirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh miya jarohatida serebral va ekstratserebral tanatogenez», 14.00.15–Patologik anatomiya; 14.00.24–Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib376.
Ilmiy maslahatchi: Israilov Rajabboy, tibbiyot fanlar doktori, professor; Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/29.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Aliev Baxrom Raximberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Daurxanov Asatoy Mamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Kozog‘iston); Ruziev Sherzod Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Osh davlat universiteti (Kirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bosh miya jarohati va bosh miyaga somatik qon quyilishlarda serebral va ekstratserebral o‘lim mexanizmini baholashda bosh miya va ichki a’zolardagi o‘ziga xos patomorfologik o‘zgarishlarni tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
joylashgan o‘rni, og‘irligi, tarqalishi va mahalliy asoratlariga bog‘liq holda miyaga travmatik va notravmatik qon quyilishlarning patomorfologik o‘zgarishlarning o‘ziga xosligi asoslangan;
miyaga travmatik va notravmatik qon quyilishlarning turli variantlarida yurak tanatogenezi hamda yurak qon-tomir tizimi a’zolarida patomorfologik o‘zgarishlari isbotlangan;
miyaga travmatik va notravmatik qon quyilishlarning turli variantlarida o‘pka tanatogenezi hamda nafas tizimi a’zolarida patomorfologik o‘zgarishlari isbotlangan;
miyaga travmatik va notravmatik qon quyilishlarning turli shakllarida me’da-ichak va jigar tanatogenezida ovqat-hazm qilish yo‘li shilliq qavatlarida qon aylanishining buzilishidan o‘tkir eroziya va yaralarning yuzaga kelishi, profuz qon ketish, dinamik ichak tutilishi kabi sindromlarning jigardagi patologik o‘zgarishlar bilan korrelyasion aloqasi ochib berilgan;
miyaga travmatik qon quyilishlarda qator a’zolarga bog‘liq tanatogenezning sud tibbiy ekspertizasidagi o‘rni va rivojlanish vaqti isbotlangan;
miyaga travmatik va notravmatik qon quyilishida serebral va ekstratserebral tanatogenezni differensial tashxislash jadvali yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya jarohatida serebral va ekstratserebral tanatogenezni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bosh miya jarohati natijasida miyaga qon quyilishlarida jigardagi ekstratserebral tanatogenezni patomorfologik baholash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 8n-z/325-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jarohatlanish oqibatida miyaga qon quyilishida jigar to‘qimalaridagi patomorflogik o‘zgarishlarni tashxislash va sud tibbiy ekspertizani samarali amalga oshirish imkonini bergan;
«Bosh miyaga shikastlanish natijasida qon quyilishlarda buyrak to‘qimasining patomorfologik o‘zgarishlarni baholash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 8n-z/325-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jarohatlanish oqibatida miyaga qon quyilishida buyrak to‘qimalaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni tashxislash va sud tibbiy ekspertizani samarali amalga oshirish imkonini bergan.
Bosh miya jarohatida serebral va ekstratserebral tanatogenezni o‘rganishni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qoraqalpog‘iston filiali va Xorazm viloyat patologoanatomik Byuro amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 yanvardagi 8n-z/14-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi serebral va poliorgan gipoperfuziya oqibatida bemorlarning o‘limiga olib keluvchi o‘tkir yurak tomir etishmovchiligi, aritmiya, miokardning o‘tkir metobolik o‘zgarishlari va subendokardial qon quyilishlar ko‘rinishida namoyon bo‘lgan patologiyalar, somatik kasalliklar oqibatida yuzaga kelgan qon quyilishlardagi yurak ekstratserebral tanatogenezi travmatik qon quyilishlardan keskin farq qilmasligini ko‘rsatgan, bu o‘z navbatida tegishli xulosalarni asosli bo‘lishini ta’minlagan va yuzaga kelishi muqarrar bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan.