Turaev Ilxomjon Esanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi penitensiar muassalarida ovqatlanish me’yorlarini gigienik asoslash», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2PhD/Tib202.
Ilmiy rahbar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/29.12. 2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar:Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Baxritdinov Shaxob Samarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahkumlar va tergov ixtiyorida bo‘lgan shaxslar ovqatlanishini haqiqiy energetik sarfi, oziq-ovqat mahsulotlari va energiyaga ehtiyojining fiziologik darajasi, ovqatlanishning iqlimiy va milliy xususiyatlarini inobatga olib gigienik me’yorlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
penitensiar muassasalaridagi mahkumlar va tergov ixtiyorida bo‘lgan shaxslarning o‘rtacha kunlik energiya sarfi baholangan;
jinoyatchilikka oid aktlarni tasniflash natijasida jismoniy faolligi va mehnat turlariga qarab mahkumlar va tergov ixtiyorida bo‘lgan shaxslarni guruhlash imkoni ochib berilgan; 
tarbiya-mehnat kaloniyalaridagi voyaga etmaganlarning uchun kunlik byudjetning dinamik kamponentining qiymat ko‘rsatkichi, kun tartibining tarbiya-mehnat yo‘nalishi uchun mezon sifatida xizmat qilishi mumkinligi isbotlangan;
birinchi marta mahkumlar va tergov ixtiyorida bo‘lgan shaxslarning kunlik ozuqa moddalari va energiyaga bo‘lgan ehtiyoji ta’minlashning qonuniy me’yoriy darajasi ishlab chiqilgan;
birinchi marta penitensiar muassasalarda milliy taomlarni qo‘shish hisobiga ovqatlanish ratsionining biologik qiymatining oshirish tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi penitensiar muassasalarida ovqatlanish me’yorlarini gigienik asoslashbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqish, ishlatish va me’yorlashtirishning gigienik talablari» 0296-2015-son sanitariya me’yor va qoidasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 maydagi 8n-d/118-son ma’lumotnomasi). Mazkur sanitariya me’yor va qoida asosida aholini turli qatlamlari orasida oziq-ovqat qo‘shimchalarini ishlab chiqish va ularning xavfsizligini ta’minlash va ishlatishga qaratilgan me’yoriy ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
«O‘zbekiston Respublikasi aholisining jins-yosh va kasbiy guruhlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari va energiyaga bo‘lgan ehtiyojlarining fiziologik me’yorlari» 0347-17-son sanitariya me’yor va qoidasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 maydagi 8n-d/118-son ma’lumotnomasi). Mazkur sanitariya me’yor va qoida mamlakatimiz aholisining jins-yosh va kasbiy guruhlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari va energiyaga bo‘lgan ehtiyojining fiziologik me’yori ishlab chiqilgan;
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari tomonidan 2018 yil 4 iyulda tasdiqlangan №012-3/326 - son «O‘zbekiston Respublikasi penitensiar muassasalarida ovqatlanish holatini baholash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar» uslubiy tavsiyanomasi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 maydagi 8n-d/118-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma penitensiar muassasalaridagi mahbuslarning ovqatlanish holatini baholash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi penitensiar muassasalarida ovqatlanish me’yorlarini gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish bosh boshqarmasini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash xizmatining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 yanvardagi 8n-d/15-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasi vaqtincha saqlash hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalari uchun o‘rtacha kunlik ovqatlanish me’yorlari ishlab chiqilgan. Penitensiar muassasalarda mahkumlarning kunlik ovqatlanish tartibini yaxshilash, alimentar bog‘liq kasalliklarni kamaytirish, yosh va jinsga mansub mos keladigan kunlik ratsionini boyitish, ovqatlanish bilan bog‘liq moddiy ta’minotini yaxshilashga qaratilgan gigienik chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish