Raxmonov Xusan Tojievichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kombinatsiyalashgan agregat kesak maydalovchi ishchi qismining parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T551.
Ilmiy rahbar: Bayboboev Nabijon Gulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Nuritov Ikrom Rajabovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekishdan oldin tuproqqa ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregatning kesak maydalovchi ishchi qismining yangi konstruksiyasini ishlab chiqish va uning o‘lchamlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan agregat ishchi qismlarining tuproq-kesak aralashmasi bilan o‘zaro ta’siri natijasida elevatorda tuproq massasining elanish jarayonini ifodalovchi analitik tenglamalar ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan agregatning qo‘zg‘aluvchi qoziqli barabanining konstruktiv parametrlarini va ish rejimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan analitik bog‘liqliklar ishlab chiqilgan;
tuproqning uvalanish sifati, kombinatsiyalashgan agregatning harakat tezligiga va babarabanning burchak tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
kombinatsiyalashgan agregat kesak maydalovchi ishchi qismi parametrlarining maqbul qiymatlari va ish rejimi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tuproqqa ekishdan oldin ishlov beruvchi agregat parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuproqni yuqori uvalanish darajasini ta’minlaydigan tirkamali elash mashinasiga Rossiya Federatsiyasi Davlat patent idorasining ixtiroga patenti olingan («Navesnaya separiruyushaya mashina», №2692641-2019 y.). Natijada tuproqning uvalanish darajasi yaxshilash imkonini beradigan mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
ishlab chiqilgan ekish oldidan tuproqqa ishlov beruvchi va uning yuqori uvalanish darajasini ta’minlaydigan kombinatsiyalashgan agregatning sanoat nushasini ishlab chiqish va tayyolash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/021-23-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik ish sxemasi va parametrlari asoslangan tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan yangi tuproqqa ekish oldidan ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregat O‘zPITI Namangan viloyati filiali tajriba maydonida va Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 martdagi 02/021-23-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqni uvalanish darajasi 85-92 foizga etish va foydalanishdagi xarajatlar 2,44 martaga kamaytirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish