Masharipov Oybek Abduraximovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta asrlarda Xorazm me’morchiligi an’analarining o‘ziga xos xususiyatlari (Quyi Amudaryo mintaqasi misolida)», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2018.3.PhD/A25.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSs.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Xojaniyazov Gayratdin, tarix fanlari nomzodi, professor, “O‘zbekiston qahramoni”.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti “Sanoat dizayni” kafedrasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazmning quyi Amudaryo Orol bo‘yi mintaqasida o‘rta asrlarga oid karvon-yo‘llari negizida barpo qilingan mudofaa va jamoat binolarining me’morchilik an’analari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va tiplarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta asrlarda Xorazmning quyi Amudaryo mintaqasida minora-mayoqlar va qal’a garnizonlari uch turdagi, ov inshootlari to‘rt turdagi hamda karvonsaroylar bir turdagi me’moriy tipologiyada bunyod etilgan aniqlangan;
Markaziy Osiyoning boshqa hududlarida qo‘rg‘onlar tashqi ko‘rinishi kompozisiya jihatidan ko‘proq badiiylashtirilgan bo‘lsa, Xorazm mintaqa-sida ular ko‘proq mudofaa elementlarini o‘zida mujassamlashtirganligi aniqlangan;
Ustyurtning sharqiy chinqi bo‘ylab joylashgan 24 ta mudofaa va mayoq minoralari Xorazmdan shimolga boruvchi savdo va karvon yo‘llari uchun yo‘l belgisi hamda mudofaa inshooti sifatida xizmat qilganligi va ularning ikkita xronologik davrda, ya’ni IX va XIV asrlarda faoliyat olib borganligi aniqlangan;
Orol bo‘yi mintaqasidagi Kat va keyinchalik Ko‘hna Urganchdan tranzit orqali o‘tgan savdo karvon yo‘llari shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy, shimol-janub va janubi-g‘arbiy kabi asosiy to‘rtta yo‘nalishda shakllan-ganligi aniqlangan; 
Xorazmning quyi Amudaryo mintaqasida bunyod etilgan 10 ta minora-mayoqlari, 5 ta qal’a garnizonlari, 1 ta ov inshooti va 5 ta karvonsaroy-larni konservatsiya qilish, muhofaza chegaralarini aniqlash bo‘yicha grafik loyiha takliflari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta asrlarda Xorazm me’morchiligi an’analarining o‘ziga xos xususiyatlari (quyi Amudaryo mintaqasi misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karvon yo‘llari negizida barpo qilingan minoralarning funksiyalari, ularni konservatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalardan IJ-5-18 raqamli “Jahonga mashhur Xiva minoralarining barqarorligini ta’minlash mezonlarini takomillashtirish” mavzusidagi (2018-2019 yy.) ilmiy grant  loyihasining bajarilishida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 19 iyuldagi 2/1255-2004-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Xorazmning Orol bo‘yi mintaqasi mudofaa va mayoq inshootlari arxitekturasinining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish imkonini bergan;
Xorazmning hozirgi Qoraqalpog‘iston hududidagi o‘rta asrlarga oid yodgorliklarini hamda karvon yo‘llari mudofaa va jamoat ob’ektlarini konservatsiya qilish, muhofaza chegaralarini aniqlash taklif loyihalari bo‘yicha yaratilgan grafik al`bomdan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamen-tining 2019 yil 19 iyuldagi 01-01/434-son dalolatnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi karvon yo‘llari bo‘ylab joylashgan inshoot-larning tipologiyasini aniqlash va ularning dastlabki ko‘rinishlarini  qayta tiklash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish