Hamroqulov Mahmud G‘ofurjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gomo- va geterozanjirli polimerlarni tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha tasniflashni fizik-kimyoviy tadqiq etish, sertifikatlash va ularning havfsizlik bilan o‘zaro bog‘liqligi», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.RhD/T427. 
Ilmiy rahbar: Asqarov Ibroxim Raxmonovich kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Dilshod Axmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: gomo- va geterozanjirli polimerlarning TIFda qo‘llanadigan kodlarini belgilovchi usullarini ishlab chiqish va ular asosidagi buyumlarning sifat va havfsizlik ko‘rsatkichlarini tezkor va samarali baholash usulini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
polimerlar va ular asosidagi buyumlar tarkibida inson salomatligi va hayoti uchun havfli bo‘lgan quyi molekulyar komponentlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi omillari aniqlangan;
gomozanjirli polimerlarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va iste’mol xossasidan kelib chiqqan holda amaldagi tovar kodlariga qo‘shimcha tarzda kiritilgan yangi tovar kodlari yaratilgan; 
gomozanjirli polimerlarning tovar holatini belgilovchi organoleptik, fizik-kimyoviy, sifat va havfsizlik ko‘rsatkichlari hamda iste’mol xossasiga muvofiq mazkur tovarlarning kod raqamlarini ularning zichligi asosida belgilash usullari ishlab chiqilgan;
gomozanjirli polimerlarning tovar holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash usullaridan  mazkur tovarlarning kod raqamlarini aniqlashda foydalanish mezonlari yaratilgan;
polimerlarning tabiati, hosil bo‘lish sharoiti, texnologik rejimlari, ishlab chiqarilishi va ularning ekspluatatsiya xossalarini ta’minlovchi omillardan kelib chiqib, polimerlar va ular asosida tayyorlangan buyumlarning havfsizlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
gomo- va geterozanjirli polimerlar asosida tayyorlangan buyumlardagi qoldiq monomerlarning miqdoriy qismini aniqlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga muvofiq  gomozanjirli polimerlarning tasniflanishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
O‘zbekiston Respublikasi TIF TNga kiritilgan gomozanjirli polimerlar uchun yangi kod raqamlari bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 12 iyuldagi 1/16-75-son ma’lumotnomasi). Natijada, gomozanjirli polimerlarning kod raqamlarini noto‘g‘ri aniqlash oqibatida mamlakat iqtisodiyotiga zarar etkazilishining oldini olish imkonini bergan;
polietilentereftalat asosidagi mahsulotdan atsetal`degid qoldig‘ining massa ulushini aniqlash uchun ishlab chiqilgan bojxona ekspertizasini o‘tkazishning tezkor usuli bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 14 noyabrdagi 1/16-587-son ma’lumotnomasi). Natijada, iste’molchilarning  salomatligiga havf tug‘diradigan atsetal`degidli polietilentereftalat qadoqlash vositalarini tez va aniq tahlil qilish imkonini bergan;
stirol  qoldig‘ining massa ulushini aniqlash uchun ishlab chiqilgan bojxona ekspertizasini o‘tkazishning tezkor usuli bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 14 noyabrdagi 1/16-587-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida iste’molchilarning  salomatligiga havf tug‘diradigan stirolli  plastmassa mahsulotlarini  tez va aniq tahlil qilish imkonini bergan;
polimerlarni ularning havfsizligi bo‘yicha tasniflash usuli  Davlat bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining  2019 yil 14 noyabrdagi 1/16-587-son ma’lumotnomasi). Natijada, bojxona faoliyatida gomo- va geterozanjirli polimerlarning ekspertiza samaradorligini oshirish imkonini bergan;
polimerlarni identifikatsiyalashning bojxona maqsadlarida ishlab chiqilgan bojxona ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha ekspress usul bojxona amaliyotiga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 14 noyabrdagi 1/16-587-son ma’lumotnomasi). Natijada, polimerlarni bojxona maqsadlari uchun tez va sifatli identifikatsiyalash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish