Qodirova Feruzaxon Usmanovnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning samarali texnologiyalari”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Ped42.
Ilmiy maslahatchi: Djuraev  Risboy  Haydarovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Safarova Roxatoy G‘aybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Chirchiq  davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim jarayonida imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning rivojlantiruvchi pedagogik va motivatsion imkoniyatlarini aniqlash hamda texnologiyalarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarida fanlarga oid va hayotiy kompetensiyalarni hamda ijtimoiylashish motivatsiyasini rivojlantirish texnologiyalarining adaptiv variatsiya (moslashuvchan muqobil shakl)lari himoyalovchi pedagogik tartib (o‘quvchilarning barqaror psixologik holati, jismoniy salomatligini qo‘llab-quvvatlovchi, intellektual o‘sishni konsentrik tarzda bosqichma-bosqich ta’minlashga yo‘naltirilgan)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;  
dars, tarbiyaviy va korreksion mashg‘ulotlarning rivojlantiruvchi motivatsion imkoniyatlari refleksiv (qayta aloqa), raqamli  tahlilga asoslangan metodlarning o‘zaro transformatsiyalashuvi  asosida kuchaytirilgan;
“Ijtimoiy hayotga tayyor o‘quvchi” modeli sensor integratsiya (sog‘lom va nosog‘lom analizatorlarning kompleks mobilizatsiyasi) va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish mexanizmlari fan o‘qituvchisi, tarbiyachi, yakka mashg‘ulot o‘qituvchisining diversifikatsion faoliyatiga nutqiy klaster (nutqiy materiallarning yaxlitligi, minimal zaxiraning majburiyligi) mezonlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan; 
fanlarni o‘qitish va nutqiy akseleratsiya davri (tayyorlov, 1,2-sinflarda o‘quvchilarda nutqiy zaxirani intensiv boyitish motivatsiyasi) samaradorligini oshirishning pedagogik, psixologik, korreksion, ijtimoiy omillarini siklli innovatsion kompleks xizmat vositasida  rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim jarayonida imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilarida fanlarga oid va hayotiy kompetensiyalarni takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar asosida 1,2,3,4-sinflar uchun “Mehnat ta’limi” darsligi ishlab chiqilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 8 iyundagi 01/11-01/15-1561-son ma’lumotnomasi). Natijada muassasalarda ushbu fanlarning o‘qitilishida va “Nutqiy akseleratsiya” davri samaradorligini oshirish, nutqiy monitoringni aniq mezonlar va raqamli tahlil qilish asosida amalga oshirish imkoniyati kengaytirildi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi hamda oilalarda ta’limiy yondashuvlarning maqsadli yo‘lga qo‘yilishiga sharoit yaratilgan; 
ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida refleksiv, kommunikativ va raqamli tahlil metodlarining o‘zaro transformatsiyalari hamda metodik takliflar asosida 1-sinf uchun “Atrofimizdagi olam” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston xalq ta’limi vazirining 2018 yil 20 iyul` 186-sonli buyrug‘i, Respublika ta’lim markazining 2019 yil 8 iyundagi 01/11-01/15-1561-son ma’lumotnomasi). Natijada muassasalarda fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirish orqali o‘quvchilarning o‘qishga va muloqotga qiziqishini oshirish, o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni tarkib toptirishga erishildi, pedagogik jarayonni tashkil etishda texnologik yondashuvning moslashtirilgan muqobil variantlaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan; 
ixtisoslashtirilgan ta’lim amaliyotiga nutqiy klaster talablari, mezonlari, yagona nutqiy tartib tamoyillari va qoidalari asosida 2-sinf uchun “Tevarak-atrof bilan tanishtirish” darsligi ishlab chiqilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 8 iyundagi 01/11-01/15-1561-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring qilishga, dars, tarbiyaviy, korreksion mashg‘ulotlarda minimal nutqiy zaxiraning majburiy egallanishiga, o‘quvchilarning umumiy va nutqiy  rivojlanishiga qo‘yiluvchi talablarning o‘qituvchi, tarbiyachi, yakka mashg‘ulot o‘qituvchilari faoliyati mazmuniga maqsadli va manzilli singdirilishiga erishilgan;  
o‘quvchilarning o‘quv fanlariga oid va hayotiy, ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari hamda ularning adaptiv variatsiyalari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga nazariy ta’lim berish jarayonini tashkil etishda amaliyotga joriy etilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 8 iyundagi 01/11-01/15-1561-son ma’lumotnomasi). Natijada fanlarni o‘qitish, tarbiyaviy va yakka mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning faoliyatini samarali tashkil etish, differensial va individual yondashuvlarni maqsadli amalga oshirishning didaktik imkoniyatlari yaratilgan;  
fanlarni o‘qitish va nutqiy akseleratsiya davri samaradorligini oshirishning pedagogik, psixologik, korreksion, ijtimoiy omillarini siklli innovatsion kompleks xizmat vositasida  rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Ijtimoiy hayotga tayyor o‘quvchi” hamda “O‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning rivojlantiruvchi motivatsion tizimi” ixtisoslashtirilgan maktab amaliyotida o‘quvchilarning ijtimoiy hayotga moslashish holatini monitoring qilish jarayoniga tatbiq etilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 8 iyundagi 01/11-01/15-1561-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislar ta’lim jarayonini metodik tashkil etish, rahbar, pedagog xodimlar, ota-onalar maxsus ta’limning natijaviyligini aniq mezonlar asosida baholash, monitoring qilish, bashoratlash imkoniyati yaratilgan.