Xajibaev Temurbek Ataxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bidentis tripartitae va Tribulus terrestris o‘simliklaridan quruq ekstraktlarni olish texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T497. 
Ilmiy rahbar: Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Gusakova Svetlana Dmitrievna, kimyo fanlari doktori, professor; Karieva Yoqut Saidkarimovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Bidentis tripartitae o‘simligini flavonoid va polisaxaridlari hamda Tribulus terrestris o‘simligini furostanol saponinlari asosida quruq ekstraktlar ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Bidentis tripartitae er ustki qismidan flavonoidlar va polisaxaridlarni, shuningdek Tribulus terrestris er ustki qismidan furostanol saponinlarni olishda ekstraksiya jarayonlarining maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bor Bidentis tripartitae er ustki qismining biologik faol moddalar yig‘indisidan flavonoidlar allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatishi va polisaxaridlar esa immunitetni oshirish ta’siriga ega ekanligi isbotlangan; 
Tribulus terrestris er ustki qismining furostanol saponinlarini yot moddalardan erituvchilarning qutbligini o‘zgartirib, suyuqlik-suyuqlik ekstraksiya usuli yordamida ajratib olish jarayonning dinamikasiga bog‘liqligi isbotlangan; 
ilk bor Bidentis tripartitae er ustki qismidan olingan polisaxaridlarning suvli ekstraktini va Tribulus terrestris er ustki qismidan olingan furostanol saponinlarning suvli ekstraktini har xil quritish turlari asosida purkab quritish uskunasida quritish, Bidentis tripartitae er ustki qismidan olingan flavonoidlari uchun esa vakuum quritish pechida qo‘shimcha qo‘shib quritish usullari yaratilgan;
Bidentis tripartitae er ustki qismini chuqur qayta ishlab, “Ittikanak quruq ekstrakti” substansiyasidan allergiyaga qarshi «Allergodaf» va “Immunokor quruq ekstrakti” substansiyasidan immunitetni oshirish faolligiga ega «Immunokor» preparatlari substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqilgan;
Tribulus terrestris er ustki qismidan 45%dan kam bo‘lmagan furostanol saponinlar saqlagan «Tribulus quruq ekstrakti» substansiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan (Britaniya Farmakopeyasi talablariga muvofiq).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simliklardan quruq ekstraktlarni olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bidentis tripartitae o‘simligidan flavonoidlarni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05730, 2018 y.). Natijada allergik kasalliklarni davolash uchun yangi dori vositasini yaratish imkonini bergan;
«Tribulus quruq ekstrakti» substansiyasi (guvohnoma, DV/M/02002/02/18, 20.02.2018 y.) va «Temirtikan o‘ti» (guvohnoma, DV/M/02367/12/18, 07.12.2018 y.) dorivor o‘simlik xomashyosi tibbiyot amaliyotida foydalanish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi «DVTBTJESDM» DUK tomonidan ruxsat olingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi «DVTBTJESDM» DUKning 2020 yil 7 fevraldagi 29/04-0461-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyo asosida quvvatni oshiruvchi dori vositasini tibbiyot amaliyotiga joriy etish imkonini bergan;
«Tribulus quruq ekstrakti» substansiyasining seriyali ishlab chiqarilishi O‘simlik moddalari kimyosi institutining «GMP rusumidagi ilmiy-texnologik markazi» bazasida yo‘lga qo‘yilgan (Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2019 yil 24 dekabrdagi 25-06/3389-son ma’lumotnomasi). Natijada «Nobel Pharmsanoat» MChJ chet el korxonasida №30 qobiqli tabletkalari shaklidagi 11844 ta qadoq «Tales energo» dori vositasini ishlab chiqarish va eksport qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish