Inatova Maxsuda Sagdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nitrozonaftollar asosidagi immobillangan organik reagentlar yordamida atrof-muhit ob’ektlarida ba’zi og‘ir metallarni sorbsion-fotometrik aniqlash», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/K59.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalevna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori; Abduraxmanov Ergashbay, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nitrozonaftollar asosidagi immobillangan organik reagentlar yordamida kobal`t, mis va temirionlarni aniqlashda ekspress, sezgir sorbsion-spektrofotometrik usullar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nitrozonaftollar asosidagiorganik birikmalarining immobillanishlari funksional va analitik-faol guruhlarning tuzilishiga bog‘liq bo‘lgan holda analitik tavsiflari aniqlangan;
immobillangan nitrozonaftol xosilalarining kimyoviy analitik xususiyatlari asosida mexanizmi funksional-faol guruhlarning (AAG) joylashishiga bog‘liqligi va ion bog‘ tabiatiga egaligi isbotlangan;
begona birgalashib uchraydigan kationlarni, kompleks hosil qiluvchi birikmalar va anionlarni ta’siri aniqlangan;
kobal`t, mis va temirionlarining yangi immobillangan nitrozonaftollar bilan aniqlashnnig sorbsion-spektrofotometrik usullar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat oqava suvlarini tarkibidan kobal`t, mis va temir ionlarining miqdorlarini aniqlash va tozalash bo‘yicha yangi sorbsion-fotometrik usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kobal`t, mis va temir ionlarini immobillangan organik reagentlar yordamida sorbsion-fotometrik usuli Jizzax viloyatning tuproq tarkibidagi og‘ir metall ionlarini aniqlash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2020 yil 20 yanvardagi 03-04-420-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq tarkibida og‘ir metall ionlarini aniqlash uchun immobillangan organik reagentlardan foydalanish imkonini bergan;
kobal`t ionlarini aniqlash va ajratib olish usuli Muborak gazni qayta ishlash zavodida oqova suvlarini og‘ir metall ionlaridan tozalash jarayonida joriy qilingan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi MChJning 2019 yil 2 apreldagi 280/GK-04/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi suvlarini tarkibidan og‘ir metall ionlarini aniqlash va samarali tozalash imkonini bergan.