Abduraxmanov Baxtiyar Alimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hypericum scabrum, Glycyrrhiza glabra va Silybum marianum o‘simliklaridan quruq ekstraktlarni ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T494. 
Ilmiy rahbar: Sotimov Gayrat Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori; Matchanov Alimjon Davlatbaevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Glycyrrhiza glabra, Silybum marianum, Hypericum perforatum va Hypericum scabrum o‘simliklarining er ustki qismi flavonoidlari asosida «Glatsembrin», «Pinotsembrin», «Rastoropsha quruq ekstrakti» va «Dalachoy quruq ekstrakti» substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor «Glatsembrin» substansiyasiini ishlab chiqarish uchun  Glycyrrhiza glabra o‘simligining er ustki qismi xomashyo sifatida tanlab olingan;
40% li etil spirtida qayta kristallash usuli yordamida standart sifatida ishlatiladigan pinotsembrin flavonoidini ajratib olish texnologiyasi yaratilgan;
Silybum marianum o‘simligining er ustki qismidan jigarni himoyalovchi «Rastoropsha quruq ekstrakti» substansiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor Hypericum perforatum va Hypericum scabrum o‘simliklarining er ustki qismidan «Dalachoy quruq ekstraktini» ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
«Rastoropsha quruq ekstrakt» substansiyasi va «Dalachoy quruq ekstraktlarini» ishlab chiqarishdagi chiqindilaridan pektin moddalari va o‘simliklarni o‘sishini rag‘batlantiruvchi faollikka ega bo‘lgan dori vositasi substansiyasini olish yo‘li bilan chiqindilarning utilizatsiya usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Glycyrrhiza glabra Silybum marianum va Hypericum perforatum o‘simliklarining tarkibidagi biologik faol moddalardan dori vositalari substansiyalarini ajratib olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan flavonoidlar yig‘indisini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05788. 2019 y.). Natijada farmatsevtika sanoatida yallig‘lanishga qarshi preparat ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Rastoropsha quruq eqstrakti» substansiyasiga texnikaviy shartlar va texnikaviy yo‘riqnoma (03535440-023:2016, TI 03355440-023:2017) tasdiqlangan (Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligining 2019 yil 24 dekabrdagi 25-06/3391-son ma`lumotnomasi). Natijada substansiyaning sanoat ishlab chiqarilishi jigarni himoyalovchi ta’siriga ega «Heprot» dori vositasini  (400 mg №60 kapsula) IP «Nobel Pharmsanoat» tamonidan ishlab chiqarish va lokalizatsiya qilish imkonini bergan;
«Dalachoy quruq ekstrakti» substansiyasiga texnikaviy shartlar (Ts 033554400-22:2016) va texnikaviy yo‘riqnoma (TI 033554400-22:2017) tasdiqlangan (Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligining 2019 yil24 dekabrdagi 25-06/3390- son ma`lumotnomasi). Natijada IP «Nobel Pharmsanoat» «Dalachoy quruq ekstrakti» substansiyasi asosida import o‘rnini bosuvchi «Helax» tinchlantiruvchi dori vositasini (300 mg №60 ta kapsula) seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish