Bobomurodov Nasriddin Xasanovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gaz yoquvchi pechlardagi yonish jarayonini nazorat qilish va boshqarish», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T703.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Sevinov Jasur Usmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Kadirov Yorkin Baxodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Ximavtomatika» mas’uliyati cheklangan jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat ishlab chiqarishining gaz yoquvchi pechlarida yoqilg‘i yonish jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish tizimlarini strukturaviy-parametrik sintezlash va tahlil qilishning usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chiqindi gaz aralashmalari tarkibidagi zararli moddalar (SO) va (SnNm) konsentratsiyalarining maqsadli parametrlarini selektiv aniqlashni ta’minlovchi infraqizil-diapazonda yutilishini o‘lchashning spektrofotometrik usuli asosida aniqlash uchun o‘lchash blokini qurishning fizik tamoyillari asoslangan va shakllantirilgan;
uch komponent (uglevodorod, uglerod monoksid va dioksid)li gaz analizatorining nodispersion infraqizil o‘lchash usuliga asoslangan original aralash optik sxemasi ishlab chiqilgan;
qiyoslash gazli aralashmalar («SO+havo», «SO+N2», «S3N8+havo» yoki «S3N8+N2») asosida konsentratsion bog‘liqliklar olingan, bosim va harorat datchiklarining shkalalari darajalangan hamda «TAZAL» asbobining ko‘rsatishlari haroratga bog‘liq to‘g‘rilash kiritish usuli asoslangan;
tropik iqlim sharoitlarida ishlovchi nodispersion optik gaz analizatori ishlab chiqilgan va asbobni namlik yuqori sharoitlarda ishonchli ishlashi va o‘lchash xatoliklari asosiy xatolikdan oshmasligi aniqlangan;
gaz yoquvchi pechlardagi yonish jarayoni tejamkorligini yoqish ekranining issiqlikni o‘ziga olishi bo‘yicha korrektlovchi signali bilan rostlashning ekstremal tizimini qurish masalasi maksimal tezkorlik masalasi kabi qo‘yilgan va echimlari ishlab chiqilgan;
o‘zgaruvchan qadamli ekstremal rostlash masalasini echishning ikkita («orttirma bo‘yicha» va «ikkinchi farq bo‘yicha») usullarini solishtirma tadqiqi o‘tkazilgan va mavjud qurilmalarga xos bo‘lgan sharoitlarda ishlash imkoniyatiga ega boshqarish tizimi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gaz yoquvchi pechlardagi yonish jarayonini nazorat qilish va boshqarish tizimlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat gaz yoquvchi pechlarini chiqindi gazlaridagi uglerod oksidi (CO) va uglevodorod (CnHm) miqdorini aniqlash uchun gazli tahlilning dispersion usuliga asoslanib, tropik tuzilishda ishlab chiqilgan gaz analizatori «QIZILQUMSEMENT» AJda joriy qilingan («O‘zsanoatqurilish-materiallari» Assotsiatsiyasining 2019 yil 17 dekabrdagi 02/10-3326-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr-kimyoviy gaz analizatorining aniqligi oshgan;
gaz yoquvchi pechlarda yoqilg‘i yoqishning real texnologik jarayonini boshqarish tizimi matematik modeli «QIZILQUMSEMENT» AJda sinovdan o‘tkazilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» Assotsiatsiyasining 2019 yil 17 dekabrdagi 02/10-3326-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy gaz yoqishni boshqarish tizimi faoliyati sifatiga bo‘lgan talabga erishish imkoniyati ta’minlangan;
gaz yoquvchi pechlarda yoqilg‘i yonish jarayonini boshqarishning optimal tizimi ishlab chiqilgan va proporsional-integral-differensial rostlagichning optimal sozlash parametrlarini hisoblash masalasi echimlari «QIZILQUMSEMENT» AJda joriy qilingan («O‘zsanoatqurilish-materiallari» Assotsiatsiyasining 2019 yil 17 dekabrdagi 02/10-3326-son ma’lumotnomasi). Natijada yoqilg‘ini ekologik me’yorlarga amalga qilgan holda yoqishning tejamkorligi hamda o‘tkinchi jarayonni talab etilgan sifati ta’minlangan.