Uljaev Erkinning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mashina-traktorli agregatlarning ekspluatatsion-texnologik parametrlarini nazorat va diagnostika qiluvchi masofaviy tizim», 05.03.01 – Asboblar.O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T343.
Ilmiy maslahatchi: Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor; Nazarov Abdulaziz Muminovich, texnika fanlari doktori, professor; Plaxtiev Anatoliy Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta terish mashinalarining ekspluatatsion-texnologik parametrlarini nazorat va diagnostika qilishning masofaviy nazorat tizimi va uning dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayanch ma’lumotlarni noaniqliklar sharoitlarida bul funksiyalarini qo‘llash asosida paxta terish mashinalarining ekspluatatsion-texnologik parametrlarini nazorat va diagnostika qilishning matematik modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
kirish boshqaruv signallari, qo‘zg‘atuvchi ta’sirlar va ichki ishchi uzellarning holatiga ko‘ra paxta terish mashinalarining sifat ko‘rsatkichlariga baho beruvchi mantiqiy matematik modeli ishlab chiqilgan;
mashina-traktorli agregatlarning ish rejimlarini nazorat va diagnostika qilish intellektual algoritmlari ishlab chiqilgan;
paxta terish mashinalarining texnologik parametrlarini nazorat va diagnostika qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tizimning bort va apparatli qismlari orasida ma’lumotlar tezkor almashinuvini ta’minlovchi algoritmlar ishlab chiqilgan;
pnevmotransport kamerasining holatini, shpindellar va ventilyatorlarning aylanish tezligini hisobga oluvchi paxta terish mashinalarining texnologik parametrlarini nazorat va diagnostika qilish tizimining matematik modeli ishlab chiqilgan;
aylanish tezligiga, qurilmaning ishlash chastotasi va aylanuvchi mexanizmning sezuvchan elementlari miqdoriga bog‘liq bo‘lgan, aylanuvchi mexanizmlar tezligini nazorat qilishning muhandislik uslubiyati ishlab chiqilgan;
paxta terish mashinasini ekspluatatsion sharoitlariga mos ravishda mashina-traktorli agregatlarning majmuaviy ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va qayd etish bo‘yicha masofaviy tizim uchun dasturiy simulyator ishlab chiqilgan;
paxta terish mashinasi ishchi rejimlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi intellektual axborot-o‘lchov tizimi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta terish mashinasining ekspluatatsion-texnologik parametrlarini nazorat va diagnostika qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta terish mashinalarining shpindellari aylanish tezligini nazorat qiluvchi qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05526, 2014 y.). Natijada paxta terish mashinasi ishchi uzellarining nosoz ishlashi hisobiga hosil bo‘ladigan paxta isrofining kamayishiga imkon bergan;
tayanch ma’lumotlarni noaniqliklar sharoitida bul` funksiyasini qo‘llash asosida paxta terish mashinalarining ekspluatatsion-texnologik parametrlarini nazorat va diagnostika qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan matematik modellari va algoritmlari «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zagrotexsanoatxolding» AJning 2020 yil 2 iyundagi 03-07/1027-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta terish mashinasining ishlash va texnologik parametrlarini aniqlik bilan boshqaruvchi moslamani yaratishga imkon bergan;
mashina-traktorli agregatlarning ish rejimlarini nazorat va diagnostika qilish uchun ishlab chiqilgan intellektual algoritmlar «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Uzagrotexsanoatxolding» AJning 2020 yil 2 iyundagi 03-07/1027-son ma’lumotnomasi). Natijada mashina-traktor agregatlari ishini monitoring qilish va diagnostika qilish uchun ishlab chiqilgan aqlli algoritmlar va dasturiy ta’minot paxta terish mashinasini 10 dan ortiq parametrlarini kuzatish va diagnostika qilish uchun monitoring va diagnostika tizimini bir qismi sifatida ishlatishga imkon bergan;
paxta terish mashinalari texnologik parametrlarini nazorat va diagnostika qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tizimning bort va apparatli qismlari orasida ma’lumotlar tezkor almashinuvini ta’minlovchi algoritmlar «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zagrotexsanoatxolding» AJning 2020 yil 2 iyundagi 03-07/1027-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta terish mashinalari texnologik parametrlarini kuzatish va diagnostika qilish uchun ishlab chiqilgan tizimning bort va apparat qismlari o‘rtasida tezkor ma’lumot almashinuvi ta’minlangan;
paxta terish mashinasi ishchi rejimlarini nazorat qilish va boshqarish uchun taklif etilgan intellektual axborot-o‘lchov tizimi «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zagrotexsanoatxolding» AJning 2020 yil 2 iyundagi 03-07/1027-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta terish mashinasi texnologik parametrlarini kuzatish va ularning ishlashini belgilangan me’zonlarga muvofiq boshqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish