Jiyanmuratova Gulnoz Sherbutaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston yoshlarining elektoral madaniyati», 22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi sotsiologiyasi» (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Sots1.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi DSc.20/30.12.2019.S.23.02 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar:
Matibaev Taspolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor;
Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston yoshlari elektoral madaniyatining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini aniqlash hamda rivojlantirish yo‘llarini sotsiologik asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«elektoral madaniyat» tushunchasining elektoral ong, elektoral baho hamda elektoral faoliyat yig‘indisini ifodalovchi sotsiologik diskurs sifatidagi mazmuni asoslangan;
O‘zbekiston yoshlarining elektoral madaniyatida jamoaviylik, vorisiylik, hamjihatlik kabi milliy mental xususiyatlarning ustuvor ta’siri ochib berilgan;
yoshlar elektoral madaniyatining mustaqillik yillaridagi rivojlanish jihatlari hamda sotsiologik portretidagi o‘zgarishlar dinamikasini belgilab beruvchi elektoral kompetentlik, elektoral dispozisiya va elektoral mas’uliyat kabi mezonlar asoslangan hamda har bir mezonning ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligi va yoshlarga oid davlat siyosati doirasidagi islohotlar yoshlar elektoral madaniyatining yuksalishi, ularning partiyaviy identikligi, saylovlarda o‘z rolini his qilishi omillariga kuchli ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.
O‘zbekiston yoshlari elektoral madaniyatining faol, konformistik va passiv turlardan tashkil topgan tipologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: «elektoral madaniyat» tushunchasining elektoral ong, elektoral baho hamda elektoral faoliyat yig‘indisini ifodalovchi sotsiologik diskurs sifatidagi mazmuni asoslashga oid xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universiteti «Sotsiologiya» ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan «Sotsiologiya» darsligining «Elektoral sotsiologiya» mavzusini ishlab chiqishda hamda 5A210101 – “Sotsiologiya” mutaxassisligi uchun “Elektoral sotsiologiya” o‘quv kursini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3990-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba yoshlarning saylovga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish, ularning «elektoral madaniyat»ga doir bilimlarini oshirishga erishilgan;
O‘zbekiston yoshlarining elektoral madaniyatida jamoaviylik, vorisiylik, hamjihatlik kabi milliy mental xususiyatlarning ustuvor ta’siri ochib berishga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilgan Kompleks chora-tadbirlar dasturining 4.5-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2019 yil 30 maydagi 01-27/411-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi darajasini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning saviyasi, ta’sirchanligi, amaliy ahamiyati ortishiga erishilgan;
yoshlar elektoral madaniyatining mustaqillik yillaridagi rivojlanish jihatlari hamda sotsiologik portretidagi o‘zgarishlar dinamikasini belgilab beruvchi elektoral kompetentlik, elektoral dispozisiya va elektoral mas’uliyat kabi mezonlari hamda har bir mezonning ko‘rsatkichlaridan «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2018 yilda «O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlar, axloq, ijtimoiy yo‘nalishlar» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovda ilk bor eksperimental tarzda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2019 yil
20 maydagi 01-16/185-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston yoshlarining sotsial qiyofasini yangicha mazmunda ko‘rish, ular elektoral madaniyatining milliy, mental, mintaqaviy va gender xususiyatlarini tadqiq etishga oid metodologiyani ishlab chiqishga erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligi va yoshlarga oid davlat siyosati doirasidagi islohotlar yoshlar elektoral madaniyatining yuksalishi, ularning partiyaviy identikligi, saylovlarda o‘z rolini his qilishi omillariga kuchli ta’sir ko‘rsatishini asoslashga oid xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashining 2019 yil II yarim yillik uchun mo‘ljallangan ish rejasining «Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘nalishi» ning 7.40-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2019 yil 20 noyabrdagi 04/13/5238-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning huquqiy-siyosiy savodxonligini yuksaltirish, siyosiy bilimlarini mustahkamlash hamda saylovlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
O‘zbekiston yoshlari elektoral madaniyatining faol, konformistik va passiv turlardan tashkil topgan tipologiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilgan Kompleks chora-tadbirlar dasturining 4.5-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2019 yil 30 maydagi 01-27/411-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, talaba va o‘quvchi yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularda vatanparvarlik hissini kuchaytirishda qaratilgan tadbirlarning samaradorligi oshishiga erishilgan.