Mamatqulov Baxrom Bosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda nefrotik sindromning og‘ir asoratlarini intensiv davolashni baholash va unga yondashuvni qayta ko‘rib chiqish», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib203.
Ilmiy rahbar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc 04/30.12.2019.Tib. 29.01.
Rasmiy opponentlar: Shomansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori; professor; Alimov Axbor Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda nefrotik sindromning og‘ir asoratlarini intensiv davolashni baholash va unga yondashuvni qayta ko‘rib chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda nefrotik sindromda markaziy gemodinamikaning dopplerografik ko‘rsatkichlari, pastki kovak vena va buyrak venalarida qon oqimi parametrlari, natriyning buyrak retensiyasi, qon zardobida al`bumin miqdori ko‘rsatkichlarini kompleks baholash asosida, nefrotik sindromning turli variantlarida shish yuzaga kelishi mexanizmlarini baholashning klinik-funksional mezonlari ishlab chiqilgan;
normovolemik va gipervolemik holatlar bilan kechuvchi steroid rezistent nefrotik sindromda shish hosil bo‘lishida natriy va suvning birlamchi ushlanib qolishi ustunligi isbotlangan;
steroidga sezgir nefrotik sindromda shish hosil bo‘lishida natriyning buyrak retensiyasi fonida kritik gipoal`buminemiya va gipovolemiya ustun bo‘lib, tomir bo‘shlig‘ining «etarlicha to‘latilmaganligi» asoslab berilgan;
nefrotik shishlarning yuzaga kelishi mexanizmlarini hisobga olgan holda diuretiklarni alohida qo‘llash, yoki uni 20% al`bumin yoki sintetik kolloid suyuqliklar bilan birgalikda qo‘llashga yondashuvlar asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bolalarda nefrotik sindrom bilan bog‘liq generallashgan shishlar, kritik asoratlar yuzaga kelishini patogenetik xususiyatlarini o‘rganish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda nefrotik shishlarni intensiv davolashda al`buminni qo‘llash mezonlari» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 16.12.19 yildagi №8n-r/395-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda generallashgan shish bilan kechadigan nefrotik sindromni intensiv davolashga differensial yondashishni aniqlashga, asoratlar va gospitalizatsiya muddatini qisqartirishga, davolash samaradorligini oshirishga yordam bergan;
Nefrotik sindromda generallashgan shish yuzaga kelishining patogenetik xususiyatlarini hisobga olgan holda shishga qarshi samarali intensiv davo o‘tkazish, kritik asoratlarni bartaraf etish va ularning oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi va Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 19.12.2019 yildagi №8n-d/312-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar bolalarda nefrotik sindromda generallashgan shishlarni yuzaga kelish mexanizmini aniqlash, intensiv davolash sifatini yaxshilash, nefrotik sindromning asoratlarini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratgan.