Ochilov Komil Raximovichning
fan  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar gepatotsitlarining me’yorda va turli kimyoviy omillar ta’sirida morfometrik va ultrastrukturaviy tuzilishining solishtirma  xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib405.
Ilmiy maslahatchi: Teshaev Shuxrat Jumaevich tibbiyot fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti., DSC/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01   
Rasmiy opponentlar: Naumova Lyubov` Ivanovna tibbiyot fanlari doktori, professor, Rasulov  Xamidulla Abdullaevich tibbiyot fanlari doktori, Raxmatova Muqaddas Xoltaevna tibbiyot fanlari doktori 
Yetakchi tashkilot: Pavel Yozef Shafarik Universiteti (Slovakiya)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. og‘ir metallarning tuzlari va ba’zi defoliantlarning alohida va birgalikda ta’sir qilinganda jigar  gepatotsitlarining morfometrik va ultrastrukturaviy parametrlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor kadmiy va qo‘rg‘oshin tuzlari hamda butilkaptaks va dropp defoliantlarining alohida va birgalikda ta’siri ostida kalamush jigarining massa koeffisienti ko‘rsatkichlari aniqlangan; 
ilk bor og‘ir metall tuzlari va pestisidlarning alohida va birgalikda ta’siridan oq kalamushlarning zaharlanishida jigar to‘qimasining va mitoxondriya funksional holatining ultrastrukturaviy o‘zgarishlari aniqlangan; 
toksikantlar ta’sir qilinganda jigarning eng zaif qismi – bu mitoxondriya va endoplazmatik to‘r ekanligi isbotlangan;
nishonlangan defoliantlar (butilkaptaks, dropp) jigar gepatotsitlarinning mitoxondriya va endoplazmatik to‘rida eng ko‘p to‘planishi aniqlangan;
laborator hayvonlarga bir vaqtning o‘zida qo‘rg‘oshin va kadmiy preparatlari gepatotsitlarning ultrastrukturaviy o‘zgarishlari va mitoxondriyaning funksional siljish holati darajasida kiritilganda bu toksikantlarning o‘zaro sinergizmi amalga oshib, qo‘rg‘oshin tuzlarining ta’siriga xos bo‘lgan alomatlar ustunlik qilishi aniqlangan;  
defoliantlar va qo‘rg‘onish tuzlari birgalikda kiritilganda gepatotsitlar ultrastrukturasi o‘zgarishining o‘ziga xosligi aniqlangan; 
defoliantlarning toksikologik xarakteristikalari bilan kalamush jigari mitoxondriya membranalarining o‘tkazuvchanligiga ularning in vitro sharoitida ta’siri orasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya materiallari bo‘yicha og‘ir metal tuzlari va ba’zi defoliantlarning alohida va birgalikda ta’sir qilinganda jigar  gepatotsitlarining morfometrik va ultrastrukturaviy parametrlarini aniqlash xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
«Organizmga og‘ir metall tuzlari kiritilganda jigar hujayralarining ultrastrukturaviy tuzulishi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 8n/r/362-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma og‘ir metallar tuzlari bilan zaharlanish tashxisining o‘z vaqtida qo‘yilishi erta profilaktik davolashni va salomatlikning tiklanishini o‘tkazish optimal variantini tanlash imkonini bergan; 
«Hujayra tuzilmalarining pestisidlar ta’siridagi morfofunksional holati» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 8n/r/363-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma pestisidlar bilan zaharlanganda hujayra tuzilmalarinning morfofunksional holatini o‘rganish imkonini bergan; 
«Hayvonlarga droppa va qo‘rg‘oshinni birga yuborganda gepatotsitlarning strukturaviy statusi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 8n/r/364-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma hayvonlarga droppa va qo‘rg‘oshinni birga yuborganda gepatotsitlarning strukturaviy holatini o‘rganish imkonini bergan. 
Dissertatsiya natijalari Sud-tibbiyot ekspertizasi Buxoro viloyati byurosining sud-kimyoviy laboratoriyasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 04.06.2018 dagi №8-4/157 sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalari Buxoro viloyati veterinariya boshqarmasida ham joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya davlat qo‘mitasining 05.06.2018 dagi № 02/13-577 sonli ma’lumotnomasi).Sud-tibbiyot ekspertizasini o‘tkazish jarayonida yupqa qavatli gaz-suyuqlik xromatografiyasi yordamida biologik ob’ektlarda pestisidlar va og‘ir metallar tuzlarining oz miqdorlarini topish bo‘yicha yaratilgan ishlanmalar tekshiriladigan organizmda mavjud patologik o‘zgarishlar sababini aniqlashga imkon beradi, bu esa jabrlanuvchiga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish va davolash maqsadida odamlar va hayvonlarning zaharlanishi bo‘yicha qo‘yilgan tashxislarning samaradorligini oshirish yoki odam va hayvonlarning o‘lim sabablarini aniqlash imkoniyatini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish