Abubakirov Azizjan Bazarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qayta tiklanuvchan energiya manbali elektr ta’minoti tizimlari reaktiv quvvati boshqaruvining ko‘p fazali toklari datchiklarining modellari va tuzilish tamoyillari», 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/T758.
Ilmiy rahbar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02
Rasmiy opponentlar: Abduqayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor, Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qayta tiklanuvchan energiya manbali elektr ta’minot tizimlari reaktiv quvvati nazorati va boshqaruvining ko‘p fazali birlamchi toklarini ikkilamchi kuchlanishga o‘zgartirish datchigining modeli va tuzilish tamoyilini ishlab chiqish hamda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta tiklanuvchan energiya manbali elektr energiya ta’minoti tizimi reaktiv quvvati birlamchi toklarini ikkilamchi kuchlanishga o‘zgartirish datchiklarining yig‘ilgan va tarqalgan parametrli modellari yaratilgan; 
magnit oqimlari o‘zaro ta’sirlashuvchi birlamchi toklarni ikkilamchi kuchlanishga o‘zgartirish datchiklarining magnit o‘zagini tuzilish tamoyili ishlab chiqilgan;
ko‘p fazali birlamchi toklarni ikkilamchi kuchlanishga o‘zgartirish datchiklarining fizik-texnik effektlari, ishonchliligi va ish holati ko‘rsatkichlari modellari yaratilgan; 
elektr energiya ta’minot tizimlarida reaktiv quvvatning samaradorligini baholashning Cloud Computing modeli va tadqiqot algoritmi ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qayta tiklanuvchan energiya manbali elektr energiya ta’minoti tizimlari reaktiv quvvati boshqaruvining ko‘p fazali birlamchi toklari datchiklarining modellari va tuzilish tamoyillari bo‘yicha olingan natijalari asosida:
qayta tiklanuvchan energiya manbali elektr energiya ta’minoti tizimi reaktiv quvvati birlamchi toklarini ikkilamchi kuchlanishga o‘zgartirish datchiklarining yig‘ilgan va tarqalgan parametrli modellari «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJga joriy etilgan (Energetika vazirligining 2019 yil 20 dekabrdagi 05-10-4723-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr ta’minoti tizimi reaktiv quvvat manbalari - kosinusli kondensatorlarining chiqish kattaliklaridan bo‘lgan birlamchi reaktiv toklarini ikkilamchi kuchlanishga o‘zgartirish tuzilmalari elektr energiya ta’minoti tizimlari samaradorligini belgilovchi kuchlanishga mos reaktiv quvvatni ishlab chiqarish imkonini bergan; 
magnit oqimlari o‘zaro ta’sirlashuvchi birlamchi toklarni ikkilamchi kuchlanishga o‘zgartirish datchiklarining magnit o‘zagini tuzilish tamoyili va ushbu datchiklarning fizik-texnik effektlari, ishonchliligi va ish holati ko‘rsatkichlari modellari «Taxiatosh issiqlik elektrstansiyasi» AJga joriy etilgan (Energetika vazirligining 2019 yil 20 dekabrdagi 05-10-4723-son ma’lumotnomasi). Natijada reaktiv quvvat manbalarini rostlash, ishlab chiqarilayotgan quvvat va energiyaning yo‘qolishini kamaytirish hamda energiya samaradorligini ruxsat berilgan aniqlikda ta’minlash imkonini bergan;
elektr energiya ta’minot tizimlarida reaktiv quvvatning samaradorligini baholashning Cloud Computing modeli va tadqiqot algoritmi «Taxiatosh issiqlik elektrstansiyasi» AJ hamda «Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJlarga joriy etilgan (Energetika vazirligining 2019 yil 20 dekabrdagi 05-10-4723-son ma’lumotnomasi). Natijada real vaqt mobaynida elektr energiya is’temolchilari iste’mol qilayotgan reaktiv quvvat, energiya va ularning samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, reaktiv quvvati ko‘p fazali birlamchi toklarining nazorat va boshqaruv datchigi aniqligini  1,8% ga oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish