Djalilov Anvar Urolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidromeliorativ ob’ektlari boshqaruv va nazorat tizimlari uchun ko‘p funksiyali intellektual datchiklar», 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1160.
Ilmiy rahbar: Baratov Rustam Jalilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Mamadjonov Alisher Mamajonovich, texnika fanlari doktori, professor, O‘ljaev Erkin, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yupqa klapanli to‘siqli ochiq kanallarda suv sathi va sarfini nazorat qilish va o‘lchashda ishlatiladigan ko‘p funksiyali intellektual datchigini ishlab chiqish va uning asosiy texnik xarakteristikalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ochiq kanallarda yupqa klapanli to‘siqli gorizontal zatvorlarda suv sathi va sarfini nazorat qilish va o‘lchash intellektual datchigidan iborat tizimning boshqa turdagi mavjud boshqarish va nazorat tizimlariga nisbatan energiya iste’moli ikki baravar kamligi isbotlangan;
ochiq kanallarning yuqori va pastki b`eflarida gidrotexnik zatvorning tekis yuzasiga ta’sir etuvchi gidrostatik bosim kuchlarining gorizontal zatvorning burilish burchagiga bog‘liqlik ifodalari ishlab chiqilgan;
ochiq kanallarda yupqa klapanli to‘siqli gorizontal gidrotexnik zatvorning burilish burchagini o‘lchash orqali suv sathi va sarfini nazorat qilish va o‘lchash algoritmi ishlab chiqilgan;
ochiq kanallarda suv sathi va sarfini nazorat qilish va o‘lchash intellektual datchigidan iborat tizimning struktura sxemasi va matematik modeli ishlab chiqilgan;
o‘lchash aniqligi va sezgirligi yuqori bo‘lgan ko‘p funksiyali intellektual datchikning konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ochiq kanallar uchun ishlab chiqilgan suv sathi va sarfini nazorat qilish va o‘lchashning ko‘p funksiyali intellektual datchigining optimal parametrlari va ish rejimini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan intellektual datchik Jizzax viloyati Zomin tumani “Buloqdagi Shaxzoda” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 01/25-4752-son ma’lumotnomasi). Natijada ekinlarning vegetatsion davrida ko‘p funksiyali intellektual datchigidan foydalanib 1 gektar er uchun 95 m3 gacha suv resursi tejalishiga erishilgan.
ko‘p funksiyali intellektual datchikdan iborat nazorat va o‘lchash tizimi Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani “Jaqsiliq” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 dekabrdagi 01/25-4752-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud nazorat va o‘lchash tizimlariga nisbatan elektr energiya iste’molini ikki baravargacha kamaytirish imkoni yaratilgan.