Tadjiev Abdusame Abduxamidovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er-suv islohotlari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi o‘zaro kooperatsiya munosabatlarini iqtisodiy baholash (Samarqand viloyati misolida)», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt827.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Chariev Qurbon Amirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Abdurashid Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Er-suv islohotlari va xo‘jaliklararo kooperatsiya munosabatlarini iqtisodiy baholash bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida g‘alla ekin maydonlari kengaytirish hisobiga qishloq xo‘jaligi umumiy mahsulot qiymatining kamayishi panel ma’lumotlar asosida o‘zgarmas ta’sir (fixed effect) modelidan foydalangan holda asoslangan;
agrar sektorda yalpi mahsulot qiymatining o‘zgarishida er va suv islohotlarining ta’sirini baholash imkonini beruvchi mezonlar ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish va suvdan foydalanishda sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro kooperatsiya munosabatlariga moyillik “PROBIT” model yordamida asoslangan;
Samarqand viloyatida er va suv islohotlarini samarali tashkil etish hisobiga dehqonchilik mahsulotlari qiymati o‘sishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Er-suv islohotlari va xo‘jaliklararo kooperatsiya munosabatlarining iqtisodiy baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
respublikada amalga oshirilayotgan suv islohotlari samaradorligini iqtisodiy baholashda ilk bor o‘zgarmas ta’sir (fixed effect) modeli orqali bajarilgan hisob-kitoblar natijalariga ko‘ra Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklarida g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish va meva-sabzavot ekin maydonlarini kengaytirish asosida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini oshirish zaxiralaridan foydalanish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 may 02/032-447-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatning Pastdarg‘om, Payariq, Urgut, Bulung‘ur va Jomboy tumanlari fermer xo‘jaliklarida yalpi mahsulotni 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 3,7 foiz oshirishga erishilgan;
Samarqand viloyatining dehqon va fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish uchun sarflangan suv uchun to‘lovni suv iste’molchilari o‘rtasida suvni etkazib berish xarajatidan kelib chiqib belgilash va taqsimlash, ularga etkazib beriladigan suv miqdori va muddati haqida oldindan aniq ma’lumot berish, suv bilan bog‘liq masalalarni hal etishda suv iste’molchilarini jalb etish va faollashtirish bo‘yicha taqdim etilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 maydagi 02/032-447-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish orqali viloyat tumanlarida ijobiy o‘sish ta’minlanganligi tasdiqlangan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va suvdan foydalanish jarayonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tashkil qilishning samarasi va ahamiyati asoslangan hamda ushbu muhim tadbirdan foydalanish maqsadida fermer xo‘jaliklari rahbarlarining ma’lumoti va malakasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 maydagi 02/032-447-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot olib borilgan Pastdarg‘om, Payariq va Jomboy tumanlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qiluvchi fermerlar soni 3,4 foiz va suvdan foydalanish bo‘yicha hamkorlik qiluvchi fermerlar soni 2,5 foizga oshgan.
viloyat hududlarida bevosita ochiq kanallar orqali beriladigan oqar suvlardan foydalanuvchi fermer xo‘jaliklarining suvdan foydalanishda kooperatsiyaga moyilligi yuqori ekanligi va shu boisdan ushbu tadbirni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 maydagi 02/032-447-son ma’lumotnomasi). Natijada oqar suvdan foydalanuvchi fermer xo‘jaliklari soni 1 foizga ko‘paysa, viloyat bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda suvdan foydalanuvchi xo‘jaliklar soni 7,1 foizga oshishi va natijada suvni tejash imkoniyati asoslangan.