Rustamova Iroda Baxramjanovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agrar sohada innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslari», 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Iqt15.
Ilmiy rahbar: Samatov G‘affor Allakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Dsc 03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliev Yashnar Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;  Xamraeva Sayyora Nasimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  O‘zbekiston milliy universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agrar sohada innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini “resurstejamkorlik koeffisienti”, “innovatsiyani yalpi o‘sish koeffisienti”, “texnologiyaning innovatsionlik darajasi” kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda aniqlashga qaratilgan indikatorlar tizimiga asoslangan uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;
tizimli ekonometrik tahlillar natijalariga binoan qishloq xo‘jaligida innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirish hisobiga erishiladigan yalpi mahsulotning 2025 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan; 
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga innovatsion texnologiyalarni targ‘ib qilish va joriy etish maqsadida axborot maslahat markazlarini (extension center) tashkil etish mexanizmi asoslangan;
«Agrotexnopark»ni tashkil etish asosida agrar sohada  samarali innovatsion texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqish imkoniyatlari asoslangan;
qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan Strategiya va yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agrar sohada innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning  iqtisodiy samaradorligini baholashdagi uslubiy yondashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 05/011-249-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan uslublar orqali tuproqqa ishlov bermasdan kuzgi bug‘doy ekish texnologiyasidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi sug‘oriladigan erlarda 1 ga uchun 1,14 mln. so‘mni va lalmi erlarda 1 ga uchun 411,58 ming so‘mni tashkil etishi, tuproqni organik moddalar bilan boyitish orqali uning unumdorligini oshirish texnologiyasini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi 1 ga uchun 3,5 mln. so‘mni tashkil etishi asoslangan. 
qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish uchun ko‘p omilli ekonometrik model` asosida 2025 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 05/011-249-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarda qishloq xo‘jaligida innovatsion jarayonlarni tahlil qilish, mazkur jarayonlarning holatini aniqlash hamda bu yo‘nalishda qanday ishlar olib borish kerakligi belgilash uchun ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanish mumkinligi asoslab berilgan; 
ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyalashuvini rivojlantirishga qaratilgan tumanlarda qishloq xo‘jaligi axborot-maslahat markazlarini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil     24 yanvardagi 05/011-249-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida Samarqand viloyati Samarqand tumanida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan axborot-maslahat markazi tashkil etilgan va 10 ta ish o‘rinlari yaratilgan. Shu bilan birga,  axborot-maslahat markazlarining tashkil etilishi qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish hamda joriy etish hisobiga qishloq xo‘jalik ekinlarning hosildorligi 15-25 foizga oshishi imkoniyati  asoslangan.
bilimlarni targ‘ib qiluvchi mutaxassis va maslahatchilarni tayyorlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida axborot-maslahat markazlarini tashkil etish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 05/011-249-son ma’lumotnomasi). Toshkent davlat agrar universiteti va filiallarida axborot-maslahat markazlari tashkil etilgan. Mazkur taklif qishloq xo‘jaligi bilimlarini targ‘ib qiluvchi mutaxassislar va maslahatchilarni tayyorlash imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligida yuksak samarali, innovatsion texnologiyalarni yaratish bo‘yicha pilot loyihalar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish maqsadida «Agrotexnopark»ni tashkil etish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 05/011-249-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etilishi qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarish va tijoratlashtirish, pirovardida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini 10-20 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan;
qishloq xo‘jaligi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish bo‘yicha Strategiya va yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 05/011-249-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Strategiyasining 7-yo‘nalishini «Qishloq xo‘jaligi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish» va axborot-maslahat xizmati tarmoqlarini bosqichma-bosqich tashkil etishga doir «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish