Sadullaev Ulug‘bek Norqulovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Go‘sht va sut etishtirish sohasini modernizatsiyalashni rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlari», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt372
Ilmiy rahbar: Umurzakov O‘ktam Pardaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kusharov Zohid Keldiyorovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Go‘sht va sut etishtirish sohasini modernizatsiyalashni rag‘batlantirish yo‘nalishlari va amalga oshirish yo‘llari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
go‘sht va sut ishlab chiqarish jarayonini texnik hamda texnologik modernizatsiyalashda “ilmiy hajmdorlik darajasi”ni ilmiy tadqiqotlarga sarflangan xarajatlar miqdori, ilmiy malakali kadrlar salmog‘i va texnik ta’minot darajasi kabi koeffisientlardan foydalangan holda hisoblash usuli taklif etilgan;
go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sub’ektlar faoliyatini modernizatsiyalashni davlat tomonidan subsidiyalash, valyuta kursini targetlash, revolver va soliq kreditlari kabi moliya-kredit dastaklari orqali rag‘batlantirish yo‘llari asoslangan;
chorvachilikda aqlli qurilmalar uchun buyurtmalar berish, ishlab chiqarish va joriy etishni rag‘batlantirish maqsadida “Aqlli chorvachilik tizimini qo‘llab-quvvatlash Markazi”ni tashkil etish va uning faoliyatini venchur fondlari orqali moliyalashtirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
chorvachilik tarmog‘ini texnik-texnologik modernizatsiyalash asosida go‘sht etishtirish hajmi o‘zgarishining 2025 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Go‘sht va sut etishtirish sohasini modernizatsiyalashni rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
go‘sht va sut ishlab chiqarishni texnik-texnologik modernizatsiyalashda ilm-fan natijalaridan foydalanish darajasini baholash usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2019 yil 9 oktyabrdagi 02/023-1482-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tavsiyalar yordamida chorvachilik mahsulotlari, xususan go‘sht va sut etishtirish jarayonida ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, innovatsion ishlanmalarning amaliyotga joriy etish holatini baholash, sohada ilmiy hajmdorlik darajasini aniqlash imkoniyatini yaratgan;
go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sub’ektlar faoliyatini modernizatsiyalashni davlat tomonidan rag‘batlantirish yo‘nalishlari doirasida innovatsion texnologiyalarni subsidiyalash ob’ektlari, mezonlari va usullari yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tegishli dasturlarni shakllantirish va joriy qilishda foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2019 yil 9 oktyabrdagi 02/023-1482-son ma’lumotnomasi). Bunda davlat tadbirkorning manfaatlarini inobatga olgan holda motivatsiya qilishi asosida zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish 20-30 foizgacha oshishiga erishilgan;
chorvachilik tarmog‘ini raqamli transformatsion tizim doirasida modernizatsiyalashda “aqlli ferma”larni qo‘llab-quvvatlash innovatsion markazini tashkil etish orqali rivojlantirish bo‘yicha takliflar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2019 yil 9 oktyabrdagi 02/023-1482-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish, aqlli qurilmalarga talabni ichki imkoniyatlar evaziga ta’minlash va moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish imkonini bergan.
go‘sht va sut ishlab chiqarish holati hamda ularning o‘zgarish dinamikasining bashoratlari yuzasidan ishlab chiqilgan takliflari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2019 yil 9 oktyabrdagi 02/023-1482-son ma’lumotnomasi). Shu orqali mamlakatimizda go‘sht va sut ishlab chiqarish tizimining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli o‘zgarish tendensiyalari tahlil etgan holda istiqbolda amalga oshiriladigan tadbirlar va islohotlar yo‘nalishlarini tanlab olishga hissasini qo‘shgan.