Umaralieva Muxayyo Abdugaparovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped1868.  
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika  fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:   
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlari o‘quvchining tayyorgarlik sifatiga qo‘yilgan kompetensiyaviy talablarni buyurtmachilar talablari bilan integratsiyalashish asosida takomillashtirilgan;
«ustoz-shogird» kaskad yo‘nalishdagi maktablarda o‘qituvchilar uzluksiz malaka oshirishning innovatsion modeli o‘qituvchining kasbiy sifatlarini qisqa muddatli sayyor (ehtiyojga asoslangan ko‘chma) kurslar jarayonida rivojlantirishga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
 umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish refleksiv texnologiyalari pedagoglarning fasilitatsion harakatlari (motivatsion, tyutorlik, mentorlik)ni  pedagogik   amaliyotda o‘zaro transformatsiyalashuvi asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini baholash ko‘rsatkich va mezonlari izchillik, muntazamlilik tamoyillari asosida pedagogik kvalimetriyaning individual faoliyat traektoriyasi talablari hamda o‘qitishga doir xalqaro tadqiqotlar algoritmi (protsessual, prognostik, diagnostik, natijaviy) pedagogik jarayonga o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi 1026-son qarori bilan tasdiqlangan «Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida»gi Nizom doirasida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari, indikatorlarini aniqlashtirishga doir takliflardan XT-ID-1-002 “O‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vaziflarni bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 01-02/2-2-107-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat talablariga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish tuzilmasi va shakllari takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish tuzilmasi innovatsion maktablarda uzluksiz tashkil etish texnologiyalaridan Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 10 avgustdagi «Xalq ta’limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy-metodik xizmatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 258-son hamda 2018 yil 7 fevraldagi «Metodik xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, metodistlar faoliyati samaradorligini o‘rganish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv seminarlarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 35-son buyruqlari asosida ishlab chiqishda hamda PZ-2014-0906164153 raqamli “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsion tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmi” nomli amaliy loyiha bo‘yia belginlangan vaziflarni bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 01-02/2-2-107-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning pedagogik monitoring qilish va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga oid kompetensiyalari takomillashgan. 
o‘qituvchilarini kasbiy kompetentliligini aniqlash va baholashni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan A1-HT-1-33147 raqamli “Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etishni boshqarish sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” nomli amaliy loyiha rejasida belgilangan vazfalarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 martdagi 89-03-1199-con ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash hamda pedagogik jarayonlarni takil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish