Maxmadiyarov Otabek Axatkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda asalari mahsuldorligini oshirishda tabiiy va mineral ozuqalardan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish», 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx318.
Ilmiy rahbar: Turaev Omon Safarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01. 
Rasmiy opponentlar: Xolmirzaev Do‘stmuxammad, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Qaxramonov Boymat, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda asalari mahsuldorligini oshirish uchun ozuqa tarkibiga qo‘shimcha tabiiy va mineral qo‘shimchalarni kiritish texnologiyasidan foydalanib, asalari oilasining o‘sishi va rivojlanishini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning o‘ziga xos tabiiy iqlim sharoitida maysali bug‘doy (sumalak) suvining asalari oilasi mahsuldorligiga ta’siri o‘rganilgan;
maysali bug‘doy (sumalak) suvi bilan oziqlantirilgan asalarilar organizmida bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar o‘rganilgan va baholangan;
asalari oilasida asal va mum mahsuldorligining oshishi ularni turli xil oziqlantirish omillariga bog‘liqligi o‘rganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamizda mahalliy populyasiyadagi asalari oilalari mahsuldorligini oshirish uchun ularni turli tabiiy va mineral ozuqalar bilan oziqlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Jizzax viloyati Do‘stlik tumani “Turdimurod Saydaxmat” MChJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 30 yanvar` 2020 yildagi 02/23-40-son ma’lumotnomasi) Natijada olingan ko‘rsatkichlarining solishtirma iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib, I-nazorat guruhida har bir asalari oilasidan 26,1 kg asal olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich II-tajriba guruhida 35,5 kg ni va III-tajriba guruhida esa 28,3 kg ni va rentabellik darajasi I-nazorat guruhida 22,0 % ni, II- tajriba guruhida 75,2 % ni va III-tajriba guruhida esa 48,7 % ni tashkil etgan. 
Samarqand shahar “Exclusive colden honey” MChJning asalarichilik xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 30 yanvar` 2020 yildagi 02/23-40-son ma’lumotnomasi) Natijalarning solishtirma iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib, I-nazorat guruhida har bir asalari oilasidan 26,2 kg asal olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich II-tajriba guruhida 38,2 kgni va III-tajriba guruhida esa 35,2 kgni va rentabellik darajasi I-nazorat guruhida 23,0 % ni, II- tajriba guruhida 74 % ni va III-tajriba guruhida esa 48,6 % ni tashkil etgan. 
Samarqand viloyati asalarichilari uyushmasi xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 30 yanvar` 2020 yildagi 02/23-40-son ma’lumotnomasi) natijalarning solishtirma iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lib, I-nazorat guruhida har bir asalari oilasidan 26,1 kg asal olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich II-tajriba guruhida 37,5 kg ni va III-tajriba guruhida esa 30,2 kg ni va rentabellik darajasi I-nazorat guruhida 21,0 % ni, II- tajriba guruhida 72,0 % ni va III-tajriba guruhida esa 38,8 % ni tashkil etgan. 
Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi “Orzu, Olim, Dilmurod asallari” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 30 yanvar` 2020 yildagi 02/23-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, solishtirma iqtisodiy samaradorlik yuqori bo‘lib, I-nazorat guruhida har bir asalari oilasidan 27,1 kg asal olingan, bu ko‘rsatkich II-tajriba guruhida 40,5 kg ni va III-tajriba guruhida esa 35,2 kg ni va rentabellik darajasi I-nazorat guruhida 23,0 % ni, II- tajriba guruhida 87,3 % ni va III-tajriba guruhida esa 58,7 % ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish