Mamatov Xurshid Abdirafievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jizzax hududi sharoitida qoramollarning go‘sht mahsuldorligini oshirish yo‘llari», 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx317.
Ilmiy rahbar: Kaxarov Abdusattar, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l  ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01. 
Rasmiy opponentlar: Ashirov Murodilla Eshonkulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Qurbonova Shaxnoza Ergashevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatining o‘ziga xos ekologik sharoitida qora-ola va simmental zotlariga mansub yosh urg‘ochi tana hamda buqachalarining fiziologik va etologik xususiyatlarini ularning go‘sht mahsuldorligi bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishini o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet eldan olib kelingan simmental zotiga mansub yosh qoramollarning go‘sht mahsuldorligi  o‘rganilgan;
jins kesimida qora-ola va simmental zotli yosh qoramollarni go‘shtga etishtirishning jadal texnologiyasi yaratilgan;
Jizzax viloyati sharoitida qoramollarni go‘shtga so‘yishning maqbul yoshi aniqlangan;
Jizzax viloyati sharoitida qora-ola va simmental zotiga mansub yosh hayvonlarni parvarishlashning texnologik asoslari ishlab chiqilgan;
Jizzax viloyatining o‘ziga xos ekologik sharoitida qoramol go‘shti etishtirishning maqbul texnologiyalari yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax viloyati sharoitida qoramol go‘shti etishtirishni takomillashtirish va sigirlarni laktatsiyaning dastlabki 90 kunida sut mahsuldorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari asosida:
qora-ola va chetdan keltirilgan simmental zotining go‘sht mahsuldorligini oshirish bo‘yicha tavsiyanoma chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 07 fevral` 2020 yildagi 02/23-61-son ma’lumotnomasi). Ushbu amaliy tavsiyadan foydalanish buqachalarni so‘yishdan oldingi tirik vaznining 18 oyligida tegishlicha: 400,0 va 492,2 kg, 21 oyligida esa 481,4 va 562,4 kg bo‘lishini ta’minlaydi, go‘sht va so‘yim og‘irligini shunga muvofiq ravishda 217,2; 266,2; 268,2; 311,6 va 230,4; 280,6; 284,4; 328,5 kg ga etish imkoniyati yaratilgan;    
qora-ola va simmental zotli qoramollarning go‘sht mahsuldorligini takomillashtirish va buqachalarni maqbul nazorat so‘yim yoshini aniqlash maqsadida Jizzax viloyati Paxtakor tumaniga qarashli “Ya.Z Bekzod” fermer xo‘jaligi sharoitida tajriba o‘tkazildi. (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 07 fevral` 2020 yildagi 02/23-61-son ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalik sharoitida 18 oylik buqachalarni so‘yishdan oldingi tirik vazni 10,0 va 15,0 kg oshgan va 410,0-415,0 kgga etgan. Har bir bosh buqachani sotishdan olingan sof foyda tegishlicha: 2045,7 va 2593,7 ming so‘mni tashkil etgan;    
qora-ola zotiga mansub birinchi tug‘um sigirlarining sut mahsuldorligini ularning yoshiga, vazniga va fe’l-atvor ko‘rsatkichlariga bog‘liqlikda ko‘paytirish yo‘llari Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Sherzod naslli mollari” fermer xo‘jaligi sharoitida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 07 fevral` 2020 yildagi 02/23-61-son ma’lumotnomasi). Natijada, laktatsiyaning dastlabki, 90 kunida olingan sut miqdori, xo‘jalik ko‘rsatkichidan 183 kg ortiq bo‘lgan. Tegishli ravishda, sutni sotishdan olingan sof foyda ham 116,2 ming so‘m ortiq bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish