Djambilov Bekzod Xamitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olmos  rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘chqorlarining nasl va mahsuldorlik salohiyatini  takomillashtirish usullari», 06.02.01 – Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Qx431.
Ilmiy rahbar: Ismailov Mirzakul Sherkulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l  ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01. 
Rasmiy opponentlar: Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Gaziev Adxam, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Olmos rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘chqorlarining nasl va mahsuldorlik salohiyatidan foydalanish usullarini  takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta olmos rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘chqorlarining avlodlarida surlikning ifodalanish xususiyatlari va uning qorako‘l belgilari bilan majmuaviy bog‘liqligi aniqlangan; 
olmos rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘chqorlarining irsiy salohiyatini takomillashtirish usullari aniqlangan; 
ifodalanish darajasi turlicha bo‘lgan olmos rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘zilarining yashovchanligi, mahsuldorligi, o‘sish va rivojlanish xususiyatlari aniqlangan;
olmos rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylari arealini kengaytirishda naslli qo‘chqorlar irsiy salohiyatidan foydalanishning ratsional usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olmos  rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘chqorlarining nasl va mahsuldorlik salohiyatini  takomillashtirish usullari mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Olmos rangbaranglikdagi naslli qo‘chqorlarining irsiy salohiyatini takomillashtirish usullari Navoiy viloyati Nurota tumanidagi «Nurota qorako‘l naslchilik» ma’suliyati cheklangan jamiyatida foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 15 yanvardagi 02/23-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir bosh original rangbaranglikdagi qo‘chqor qo‘shimcha 50,0 ming so‘m yuqori narxda sotilgan,  rentabellik darajasi 36 foizga oshgan. 
Original rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘chqorlaridan Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi «Qarnabota qorako‘l naslchilik» ma’suliyati cheklangan jamiyati suruvlarida foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 15 yanvardagi 02/23-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan kumush va olmos rangbaranglikdagi  qorako‘l terilari ma’suliyati cheklangan jamiyatda ishlab chiqilgan terilarga nisbatan mos ravishda 15 va 25 ming so‘m, naslli qo‘chqorlar 50,0 ming so‘mga qimmat sotilgan. Shuningdek original rangbaranglikdagi qo‘ylar salmog‘i ko‘paygan va har bir teridan olinadigan sof foyda 20-25 foizga oshgan;
Original rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylar bosh sonini ko‘paytirish usullarining Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi «Sanabobo qorako‘l chorvasi» qorako‘lchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 02/23-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaligi suruvining irsiy sifati yaxshilangan, elita va I-sinfli qo‘zilar salmog‘i 8-10 foiz, rangbarangligi a’lo ifodalangan qo‘zilar salmog‘i 10 foizga oshgan. Olmos rangbaranglikdagi qo‘chqorlardan olingan qorako‘l terilari, xo‘jalikda olingan qorako‘l terilariga nisbatan 30,0 ming so‘m yuqori narxda sotilishi natijasida fermer xo‘jaligining rentabelligi 30 foizga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish