Mamatov Baxtiyor Salimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum sharoitida sur rangli qorako‘l qo‘ylarini samarali seleksiyalashning korrelyasion asoslari», 06.02.01 – Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx314.
Ilmiy rahbar: Gaziev Adxam, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l  ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l  ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01. 
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Tursunov Xayrullo Sharofiddinovich, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qizilqum  sharoitida sur rangli qorako‘l qo‘ylarida muhim seleksion belgilarning o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik darajalariga asoslanib ularni seleksiyalashning samarali yo‘llarini va sur rangli qorako‘l qo‘ylarining irsiy salohiyatidan seleksiya jarayonida yuqori darajada foydalanishning seleksion asoslarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sur rangli qorako‘l qo‘ylarida belgilarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish asosida boshqa belgilar bilan bog‘liqlik darajasi yuqori bo‘lgan asosiy belgilarni aniqlashning korrelyasion asoslari ishlab chiqilgan;
seleksion belgilarning o‘zgaruvchanligi, korrelyasiya va irsiylanish ko‘rsatkichlarining namoyon bo‘lish darajalari aniqlangan;
korrelyasion qonuniyatlar asosida sur rangli qorako‘l qo‘ylarida seleksion belgilarning namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlangan;
aniqlangan ko‘rsatkichlar asosida Qizilqum sharoitida sur qorako‘l qo‘ylarini samarali seleksiyalash yo‘llari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilqum sharoitida sur rangli qorako‘l qo‘ylarini samarali seleksiyalash usullarini takomillashtirish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
qorako‘lchilikda muhim seleksion belgilarning korrelyasion bog‘liqligini inobatga olib ularni samarali seleksiyalash usullari Konimex tumani «Yangikazgan Nurli Diyor» MChJda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 14 fevraldagi 02/23-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, har bir dona sur qorako‘l teri etishtirishdan 11,3 ming so‘m sof foyda olingan, rentabellik darajasi 87,1 foizni tashkil etgan;
qo‘ylarni gul ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda samarali seleksiyalash usullari Konimex tumani «Saribel sur qorako‘l» MChJda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 14 fevraldagi 02/23-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, gul xususiyatlarini yaxshilash hisobiga har bir dona sur qorako‘l teri etishtirishda sof foyda 13,4 ming so‘mni, rentabellik darajasi 73,8 foizni tashkil etgan;
sur rangli qorako‘l qo‘ylarini tus va rangbaranglik ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda samarali seleksiyalash usullari Nurota tumani «Nurota qorako‘l naslchilik» MChJda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 14 fevraldagi 02/23-72-son ma’lumotnomasi). Natijada, tus va rangbaranglik xususiyatlarini yaxshilash hisobiga har bir dona qorako‘l teri etishtirishdan olingan sof foyda 14,9 ming so‘mni, rentabellik darajasi 78,9 foizni tashkil qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish