Ro‘zmetov Raxmatjon Ibodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yuqori navli paxtalarni quritish texnologik jarayonini takomillashtirish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T526.
Ilmiy rahbar: Madumarov Ilxom Dedaxanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Djamalov Rustam Kamoliddinovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani quritish va tozalash jarayonlarini takomillashtirish asosida resurstejamkor texnologiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida resurstejamkor, takomillashtirilgan quritish-tozalash texnologiyasi yaratilgan;
shnekli tozalagichda harakatlanayotgan paxta va quritish agenti o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi jarayonini matematik modeli qurilib, uning qonuniyatlarini ifodalovchi echimlar olingan;
yuqori navli past namlikdagi paxtalarni mayda iflosliklardan tozalash mashinasida quritish rejimlari ishlab chiqilgan;
paxtani quritish jarayoniga quritish agentini o‘zgarmas haroratda uzatish usuli ishlab chiqilgan;
tajribalarni matematik rejalashtirish asosida paxta namligi, quritish agenti harorati va uskunaning ish unumdorligini o‘zaro bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani dastlabki tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qoluvchi resurstejamkor, samaradorligi yuqori quritish va tozalash texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
chigitli paxtani quritish va tozalash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (№FAP 00328-2007 y.). Natijada paxtani quritish va tozalashning samarali texnologiyasi yaratilib, quritishga sarflanadigan yonilg‘i sarfini 45,0-50,0% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
tavsiya etilgan quritish-tozalash texnologiyasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufiga kiruvchi korxonalarda, xususan “Turaqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 25 sentyabrdagi 02-18/5553-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash uskunasining samaradorligini 7,0-8,0%ga oshirish, korxonada ishlab chiqarilayotgan tolaning tarkibidagi iflosliklar va nuqsonlar miqdorini 0,2-0,3% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish