Muradov Raximjon Xakimjonovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pushtaga bug‘doy ekuvchi texnik vositani ishlab chiqish va uning asosiy parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1468.
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Tolibjon Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori; Xudayberdiev Toxirjon Latifovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ochiq maydonga bug‘doyni sepib, sug‘orish ariqchalarini ochib, sug‘orish ariqchalaridan chiqqan tuproq bilan bug‘doyni bir xil chuqurlikka ko‘mib, talab darajasida zichlab ketadigan texnik vositani ishlab chiqish va uning asosiy parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pushtalarning butun profili bo‘yicha kuzgi bug‘doy urug‘ini sepish, sug‘orish ariqchalarini ochish, undan olingan tuproq bilan urug‘larni bir xil qalinlikda tuproq qatlami bilan ko‘mishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan;
bir o‘tishda pushtalarning butun profili bo‘yicha kuzgi bug‘doy urug‘ini sepish, sug‘orish ariqchalarini ochish, ushbu egatdan chiqqan nam tuproq bilan pushtaga sepilgan urug‘larni bir xil qalinlikda ko‘mishni ta’minlovchi texnik vositaning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
texnik vositaning tuproq yoyuvchi ishchi organi bilan pushtalar yon bag‘irlariga uyulgan nam tuproqni harakat yo‘nalishiga ma’lum sirpanish burchagi ostida joylashgan maxsus ishchi organ orqali sepilgan bug‘doyni bir xil qalinlikda ko‘mib ketishni ta’minlovchi jarayonlarni ifodalovchi analitik bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
pushtalarga urug‘larni bir xil tuproq qatlami bilan ko‘mib ketadigan texnik vositaning ishchi organlari sifat hamda energetik ko‘rsatkichlari ularning parametrlari va harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pushtaga bug‘doy ekadigan texnik vositaning ishchi organlari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pushtaga bug‘doy ekadigan texnik vositaning sanoat nusxasini ishlab chiqish va ishchi qismlarini tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari «BMKB-Agromash» AJ tomonidan loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 9 noyabrdagi 02/023–3583-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan konstruksiya va parametrlarga ega bo‘lgan pushta va egat hosil qiladigan, hamda pushtaga bug‘doy ekuvchi texnik vositasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
pushtaga bug‘doy ekuvchi texnik vosita Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali o‘quv–tajriba xo‘jaligida va Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi «Samandarning sexrli sadosi» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 9 noyabrdagi 02/023-3583-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doyni ekishda ishlab chiqilgan texnik vosita qo‘llanilganda mavjud agregatlarga nisbatan har gektar maydonga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlarni 11,6 foizgacha kamayishi hisobiga 115712,0 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan.