Kadirxodjaeva Xilola Marufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gepatit V bilan og‘rigan bolalarda temir bilan to‘yinish sindromi rivojlanishining ba’zi patogenetik qirralari», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib473.
Ilmiy rahbar: Inoyatova Flora Il`yasovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali gepatit V bilan og‘rigan bolalarda temir bilan to‘yinish sindromining patogenetik va tashhisiy mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi martta SGV bilan og‘rigan bemor bolalarda organizmning temir bilan to‘yinish sindromining engil, o‘rta va og‘ir darajada kechish xususiyatlari aniqlangan;
surunkali gepatit V li bolalarda ferroportin (FPN) faolligi va gefestinning (HEPH) temir bilan to‘yinish sindromining yaqqollik darajasigi bog‘liqligi aniqlangan;
surunkali gepatit V bilan og‘rigan bolalarda temir bilan to‘yinish sindromining og‘ir va o‘rta darajalarida siydikda gemosiderin va interleykin-6 ning eruvchan reseptorlari (sIL-6R) ni aniqlashning diagnostik ahamiyati aniqlangan; 
gepsidin-25 faol shaklining temir bilan to‘yinish sindromining yaqqollik darajasiga ishonchli ravishda bog‘liq bo‘lgani isbotlangan;
temir bilan to‘yinish sindromi rivojlanishining kasallikning klinik va biokimyoviy sindromlarini cho‘ziluvchanligi va HBV faolligi orasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Olingan ilmiy natijalar asosida surunkali gepatit V bilan og‘rigan bolalarda temir bilan to‘yinish sindromi tashxisi yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
"Surunkali virusli gepatit bilan og‘rigan bolalarda yallig‘lanish anemiyasining refrakter shaklida temir bilan to‘yinish sindromini qiyosiy tashhislash usuli" mavzusida № IAP 20180572 ro‘yxatga olish raqami bo‘yicha patent arizasi topshirilgan. Hujjatlar qabul qilingan sana 29.11.2018 yil. 
“Surunkali virusli jigar patologiyasi bilan og‘rigan bolalarda refrakter anemiyalar: diagnostik va prognostik imkoniyatlar” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/150-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali gepatit V bilan og‘rigan bolalarda temir bilan to‘yinish sindromi tashxisotining aniqligini oshirish va tezlashtirish, statsionar davolanish sonini va ovqatlanishni optimallashtirish orqali asoratlarni kamaytirish imkonini bergan;
Bolalarda temir bilan to‘yinish sindromini tashhislash va surunkali gepatit V kechishini prognozi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga, Qibray tuman tibbiyot birlashmasiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 dekabrdagi 8n-d/323-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqotlarning amaliyotga joriy qilinishi iqtisodiy samaradorlikka olib kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish