Bakaev  Jasurbek Najmidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari rivojlanishi xavf omillarini aniqlash, erta tashxislash va oldini olishga majmuaviy yondashuv», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.3. PhD /Tib1047.
Ilmiy rahbar: Gafforov Sunnatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSC/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Aldasheva Maya Axmetovna tibbiyot fanlari doktori, professor., Murtazaev Saidmurodxon Saydialoevich tibbiyot fanlari doktori., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston Davlat Tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Issiq iqlim sharoitida yashovchi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining kelib chiqishini, rivojlanish xavf omillarini aniqlash, erta tashxislash va oldini olishga majmuaviy yondashuvdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
katta maktab yoshidagi  bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarining rivojlanishida va ularning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklariga bog‘liqlik asosiy xavf omillari aniqlangan (Buxoro viloyati misolida);
tekshirilgan bolalarning yoshi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalligini inobatga olgan holda,  og‘iz bo‘shlig‘ining  klinik-funksional holatini baholash  qiyosiy aniqlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalliklarini shartli va patogen mikroorganizmlar disbiozi tomonidan keltirib chiqarish natijasini  aniqlash uchun qo‘shimcha diagnostik va prognostik mezonlar sifatida foydalanish tavsiya etilishi belgilangan;
bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ining hujayraviy nospesifik disbalansi   og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida patologik jarayonning rivojlanishi natijasi bo‘lib, bu  holatni erta tashxislashning  qo‘shimcha mezoni sifatida foydalanishi aniqlangan;
katta maktab yoshidagi bolalarining og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari, stomatologik muammolarni inobatga olib bolalarning hissiy, ijtimoiy holat va oilaviy farovonligi hayot sifatiga  salbiy ta’sir qilishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklari rivojlanishining xavf omillarini aniqlash, erta tashxislash  va profilaktikasiga majmuaviy yondashuv bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida: 
«Bolalarda stomatologik kasalliklarni skreningli tekshirish usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 8n-r/362-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maktab o‘quvchilari orasida stomatologik ksalliklarining rivojlanish istiqbolini belgilash, kasallikni oldini olish va tarqalishini kamaytirish imkonini bergan;
 «Bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini tekshirish algoritmi» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 8n-r/363-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli yosh guruhlaridagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i holatini qiyosiy baholash, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari, ularning asoratlarni oldini olish, zamonaviy yondoshuv istiqbolini belgilash va kasalliklar tarqalishini kamaytirish imkonini bergan;
Bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini erta tashxislash, klinik asoslash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Vobkent, G‘ijduvon stomatologik poliklinikalarda, Kogon shahar stomatologik kasalliklar poliklinikasi va Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasida amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi 8n-d/216-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi maktab o‘quvchilari orasida og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining kelib chiqish istiqbolini belgilash, kasallikning  oldini olishni istiqbolini belgilash hamda  og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining tarqalishini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish