Oteniyazov Polat Jumaniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq xalq sehrli ertaklarining janr xususiyatlari va poetikasi”, 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil99.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.30.08.2018.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor;  Jo‘raquziev Nodir Imomquzievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) .
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qoraqalpoq fol`klorshunosligida o‘rganilma-gan sehrli ertaklarning o‘ziga xos janr xususiyatlarini va poetikasini o‘rganish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XVIII asrning 40 yillaridan shu kunga qadar qoraqalpoq xalq ertaklarining to‘planishi, nashr qilinishi, xalq og‘zaki ijodiga doir ilmiy tadqiqotlarning qisqacha tavsifi yaratilgan;  
jahon va turkiy xalqlar fol`klorida sehrli ertaklarning o‘rganilishiga doir tadqiqotlar asosida qoraqalpoq fol`kloridagi sehrli ertaklarning nazariy asoslari belgilangan;
sehrli ertaklarning o‘ziga xos janr xususiyatlari, mazmuni, undagi obrazlar, qahramonlar va personajlarning o‘zaro munosabatlari, xarakteri ochib berilgan;
sehrli ertaklarning tuzilishi, tarkibiy qismlari hisoblangan inisial – medial – final bo‘limlari, ularning o‘zaro mazmuniy bog‘liqligi, ertak mazmunida tutgan o‘rni belgilangan;
bir necha xalqlar ertaklaridagi qolipga tushgan motiv va syujetlar, epizodlar qiyoslanib, ularning qoraqalpoq xalq ertaklari bilan o‘zaro o‘xshashligi hamda milliy xususiyati ko‘rsatilgan;
ertaklardagi sehrli obrazlar, sehrli buyumlar, sehrli narsalarning funksional xususiyati, ularning qahramonga ko‘rsatadigan yordami, vazifalari belgilangan; 
ertaklardagi sehr-jodu, qadimgi odamlarning jonsiz narsalarni ham joni bor deb tushunishiga bog‘liq ishonchlari, magik kuchlar bilan ta’sirlarning ifodalanishi ilmiy manbalar va misollar asosida ko‘rsatilgan;
qoraqalpoq ertakchilarining ertaklar ta’sirchanligini oshirishda so‘zdan, badiiy tasvirlash vositalaridan foydalanish, ijro qilish qobiliyatlari, xizmatlari qayd etilgan;
sehrli ertaklardagi troplar, epitet, metafora, metonimiya, sinekdoxa, teңeo‘ (o‘xshatish), giperbola, litota singari badiiy tasvirlash vositalarining qo‘llanilish darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Qoraqalpoq sehrli ertaklarining genezisi va shakliy-mazmuniy janr xususiyatlarini belgilash asosida olingan natijalar quyidagi ko‘rinishlarda amaliyotda  joriy qilingan:
tadqiqotning ilmiy-nazariy natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan I1-FA-0-14244 «Qoraqalpoq xalq prozasining ilgari nashr etilmagan namunalarini nashrga tayyorlash va nashr qilish» (ko‘p jildlik «Qoraqalpoq fol`klori» bo‘yicha)» (2014-2015) innovatsion loyihasini bajarishda, jumladan, qoraqalpoq sehrli ertaklari janr turlari, syujet va motivlariga tegishli xususiyatlarini ifodalashda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limining 2019 yil 29 maydagi №17.01/70-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq sehrli ertaklarining mavzuiy turlari nashr qilingan;
qoraqalpoq xalq sehrli ertaklarining to‘planishi, tadqiq qilinishi va nashr etilishi masalalari bilan bog‘liq obrazlar va syujet tarkibi, motivlarini ochib berishda O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2019 yil 30 sentyabr`, №129-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq sehrli ertaklarining o‘ziga xos janr xususiyatlari ochib berilgan;
qoraqalpoq sehrli ertaklarining yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyatiga tegishli ilmiy-nazariy xulosalardan respublikadagi gazeta-jurnallarda, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlarda, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokom-paniyasining “Assalomu aleykum, Qoraqalpog‘iston”, «Gavhar so‘zlar» ko‘rsatuvlari, «Xalq xazinasi», «Meros» kabi eshittirishlari dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradio-kompaniyasining 2019 yil 22 maydagi №01-02/127-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy qadriyatlarimizning ma’naviy-madaniy rivojlanishida tutgan o‘rni va ta’lim-tarbiyadagi ahamiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish