Eshankulov Shaxzod Eshkuvatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibi” (toponomik materiallar asosida). 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.2.PhD/Tar130.
Ilmiy rahbar: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori; Qayumov Asror Raimovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zarafshon vohasi aholisining XX asrdagi etnik tarkibi va mintaqa aholisining tabiiy-madaniy landshaftlar bo‘yicha joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlarini toponomik materiallar asosida tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zarafshon vohasi aholisi etnik tarkibi va etnotoponimlari turli omillar (tabiiy-geografik, etnik, etnomadaniy aloqalar) bilan birgalikda xilma-xil etnik komponentlarning o‘troqlashuvi va assimilyasiyasi (qorishuvi) asosida shakllanganligi ochib berilgan;
Zarafshon vohasiga oid toponimik va onomastik materiallarni tarixiy-etnografik materiallar, statistik va toponimik xaritalar asosida tadqiq qilish jarayonida mintaqada “92 bovli o‘zbek urug‘i”dan 63 tasi mavjudligi, jumladan, Samarqand viloyatida 58 ta, Buxoroda 46 ta, Navoiyda 36 ta joy nomlari tarixiy asoslariga ko‘ra turkiy xalqlarga xos etnonimlarini substrat negizi asosida tashkil topganligi aniqlangan;
mintaqada tarixan shakllangan etnotoponimlarning lokal-hududiy (tog‘, tog‘oldi va tekislik) va etnolingvistik xususiyatlari (o‘zbek, tojik, turkman, qozoq, arab) tarixiy-etnografik, statistik va kartografik materiallar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XX asrda Zarafshon vohasi aholisining etnik tarkibi masalalarini toponomik materiallar asosida tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan xulosa va takliflar asosida:
Zarafshon vohasi aholisi etnik guruhi va etnotoponimlari mintaqaviy omillar bo‘yicha turli etnik komponentlarning o‘troqlashuvi va assimilyasiyasi asosida shakllanganligi haqidagi materiallaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali DUKning 2019 yil 19 sentyabrdagi 01-11-1912-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan joy nomlarini tiklash va saqlab qolish, keng ilmiy jamotchilik va sayyohlar uchun ilmiy asoslangan ma’lumotlar bazasini tizimlashtirishga xizmat qilgan.
mintaqadagi etnotoponimlarning lokal-hududiy (tog‘, tog‘oldi va tekislik) xususiyatlari, qo‘shni va yaqin hududlardagi joy nomlarining o‘xshash hamda farqli jihatlarini tadqiq etish, turli g‘oyaviy nomlarni o‘zgartirishda e’tiborga molik jihatlarga doir ma’lumotlardan O‘zR Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining joy nomlarini o‘zgartirish, yangi nomlar qo‘yish borasidagi taklif hamda murojatlarni o‘rganishda foydalanildi (O‘zR Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 15 iyuldagi 02-02/452-sonli dalolatnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llanilishi viloyat, tuman va mahallalardagi joy nomlarining tarixiy asoslari, ma’no va mazmuni, milliy qadriyatlar tizimi sifatida mahalliy aholining o‘z eli va yurtiga dahldorlik hissini kuchaytirish, tarixiy xotirani tiklash borasidagi amaliy ishlarning samaradorligini oshirishga asos bo‘lgan.
Zarafshon vohasiga xos tarixiy nomlarning tashkil topishi va shakllanishi, tabiiy – geografik shart-sharoit, aholining xo‘jalik xususiyatlari, turli kasblar bilan bog‘liq bo‘lgan joy nomlarining nisbati yuqori nufuzga egaligi borasidagi ma’lumotlardan O‘zR Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi mintaqa aholisining tarkibiga doir biryoqlama xulosalarga aniqlik kiritish va millatlararo totuvlik g‘oyalariga asoslangan tadbirlarni tashkil qilishda foydalanilgan (O‘zR VM xuzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasining 2020 yil 9 martdagi 01-07-476-sonli dalolatnomasi). Bu esa mintaqa aholisining etnik tarixiga doir biryoqlama xulosalarga aniqlik kiritish va Qo‘mita xujjatlari va tadbirlarini tashkil etishda muhim nazariy manba sifatida xizmat qilgan.