Gibraltarskaya Oksana Nikolaevnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Hozirgi rusiyzabon adabiyotda M.A.Bulgakov, A.P.Platonov, B.L.Pasternak badiiy tizimlarining reprezentatsiyasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.3.DSc/Fil196.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Petruxina Natal`ya Mixaylovna filologiya fanlari doktori, professor; Qosimov Abdugopir Abdukarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ermolin Anatoliy Evgen`evich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi zamon rusiyzabon adabiyotida XX asr rus yozuvchilari badiiy tizimlari ifodalanishi xususiyatlarini ichki tuzilish va tarixiy-madaniy vaziyat hamda badiiy ong o‘zgarishi bilan uzviylikda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy adabiyotshunoslik metodologiyasi doirasida M.A.Bulgakov, A.P.Platonov, B.L.Pasternak badiiy tizimlarning asarlarning zamon jihatidan qurilishi, kompozisiyasi, sarlavhalari kabi reprezentativ komponentlari aniqlangan;
zamonaviy rusiyzabon adabiyotda tarixiy-davr va milliy makon turlarining reprezentatsiyasi aniqlangan;
zamonaviy rus adabiyotining XX asr rus adabiyoti bilan munosabati, xususan, “nuqtai nazar” aspektida badiiy matn kompozisiyasi va hikoya qiluvchi-personaj funksiyasining badiiy tizimli munosabatlari aniqlangan;
M.A.Bulgakov, A.P.Platonov, B.L.Pasternaklarning prozaik sarlavhalari hamda yaxlit dramatik matnlar tahlili orkali muallifning mavjudligi estetik va tugal shaklda ifodalovchi matnlararo aloqalar orqali asoslangan;
poetik jumboq, perifraza, madaniy va tarixiy vaziyat bilan bog‘liq davrning metarealistik badiiy tafakkuriga asoslangan enigmatik individual-muallifiy uslub aksiologik kontekst bilan shartlangan zamonaviy adabiy jarayon tendensiyalarini belgilashi dalillangan;
badiiy matnga tahliliy yondashuv va talqin qilish konsepsiyasida tizimli-struktur, qiyosiy tahlil, aksiologik yondashuv kabi turli adabiy uslublardan foydalanish adabiy jarayonni kompleks o‘rganish samaradorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
o‘zbek adabiyotshunosligi doirasida badiiy asar tahlili tamoyillari belgilab berilgan “Uzbekskaya literatura” (№ 220-3) xrestomatiya-darsligini tuzishda tizimli ilmiy-metodik ishlanmalar shaklida joriy qilingan. Natijada darslik konsepsiyasi tarixiy-madaniy omillar mazmunida adabiy jarayon xususiyatini ifodalash imkonini bergan;
“Istoriya literaturovedcheskix ucheniy” (№274-299) xrestomatiya-darsligini tuzishda sinergetik, aksiologik yondashuvlar qo‘llangan tahlil metodologiyasidan foydalanilgan. Natijada darslikning mazmuniy jihati olamning milliy manzarasi konseptlarini izohlash imkonini bergan;
F1-02 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” fundamental loyihasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi №89-03-3592-son ma’lumotnomasi) adabiyotshunoslik metodologiyalarini qo‘llagan holda badiiy matn bilan tahliliy va talqiniy ishlash sxemasi ko‘rinishida kiritilgan. Natijada zamonaviy adabiy jarayonning uyg‘un tahlili samaradorligi isbotlangan;
PZ-20170934 raqamli «Filologik yo‘nalishlar bo‘yicha ingliz tilini o‘rganish sifatini baholashning shakl va tamoyillariga zamonaviy yondashuvlar» (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 oktyabrdagi №89-03-3592-son ma’lumotnomasi) amaliy loyihasiga kiritilgan bo‘lib, unda maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat, pedagogik modellashtirish, kuzatish, monitoring tahlil ta’lim muassasasi o‘quv jarayonini ta’minlovchi metodik va metodologik tavsiyalarni to‘ldirish imkonini bergan;
XX asr rus adabiyoti tarixi, aksiologiya va germenevtika aspektida rus adabiyoti “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili)” – 5120100 bakalavriat yo‘nalishi uchun Davlat ta’lim standarti (2014 yil 10 oktyabrda O’zstandart davlat agentligida O'zDSt 36.15.50:2014 №5172 raqami ostida ro‘yxatga olingan) mazmuniga kiritilgan. Joriy qilingan manbalar aksiologik tahlilni qo‘llagan holda badiiy matn bilan interpretatsion ishlash ko‘nikmasini hosil qilishga yordam bergan;
adabiyotshunoslik tarixiga doir “Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)” – 5A120101 magistratura mutaxassisligi bo‘yicha Davlat ta’lim standarti (07.08.2014 yilda O’zstandart davlat agentligida O'zDSt 36.12.12:2014 №4810 raqami ostida ro‘yxatga olingan) tarkibiga kiritilgan. Joriy qilingan manbalar akademik adabiyotshunoslik va zamonaviy ilmiy konsepsiyalarning atamalari va tushunchalarini qo‘llash orqali badiiy matn tahlilining turli metodologiyalarini qo‘llashga, shuningdek, adabiyotshunoslik sohasidagi ilmiy ishlar uchun asos tayyorlashga xizmat qilgan.
2018 yilning noyabr` oyida O‘zbekiston Rus madaniyat markazi tomonidan tashkil etilgan ilmiy seminarni o‘tkazishda (Toshkent shahri va Toshkent viloyati rus tili va adabiyoti o‘qituvchilari) rusiyzabon pedagoglar malakasini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Rus madaniyati markazining 2019 yil 28 sentyabrdagi 02-193-son ma’lumotnomasi). Natijada, rusiyzabon pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.