Matqulieva Marg‘uba Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shahriyor” epik syujetining ilk manbalari, uning doston va ertak variantlari”, 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil674.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Ilmiy rahbar: Ro‘zimboev Safarboy Ro‘zimboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.30.08.2018.Fil46.02.
Rasmiy opponentlar: Sarigul Baxadirova, filologiya fanlari doktori, professor; Muhammadali Qo‘shmoqov, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Shahriyor” dostonining ilk manbalari, genetik asoslari va o‘zbek fol`kloridagi variantlarining o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtirish hamda mazkur epik syujetning Orolbo‘yi epik arealidagi badiiy evolyusiyasi va tadrijiy taraqqiyoti bosqichlarini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Shahriyor” dostoni syujetining arxaik shakli qadimgi turkiylarning egizaklar kul`ti, totemistik va animatik qarashlar bilan bog‘liq mifopoetik tasavvurlari asosida shakllanganligi isbotlangan;
doston syujetining genezisi jahon xalqlari ertakchilik an’analarida muhim o‘rin tutadigan ATU707. “G‘aroyib bolalar” syujet tipiga borib taqalishi hamda bu epik asar ertak tip syujetli eposlar sirasiga kirishi aniqlangan;
“Shahriyor” dostoni matnidagi o‘g‘uz shevasiga oid leksik birliklar, voha dostonchiligiga xos saj’langan nasriy parchalar hamda barqaror epik formulalar tahlili natijasida bu eposning yaratilishiga asos bo‘lgan ilk syujet VI-VII asrlarda Orolbo‘yi mintaqasida yuzaga kelganligi va uning dastlabki og‘zaki variantlari IX-XII asrlarda Idil va Yoyiq daryolari bo‘ylarida shakllanganligi dalillangan;
dostondagi qahramonlik va romanik tasvirning aralash holda berilishi asar syujetiga asos bo‘lgan motivlarning qadimiyligi va uning janriy differensiatsiyalanish jarayoni uzoq davom etganligidan dalolat berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Shahriyor” dostoni syujetining ilk manbalari, genezisi, doston va ertak sifatida ommalashgan o‘ziga xos epik talqinlarini qiyosiy tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriylandi: 
dissertantning “Shahriyor” epik syujetining ilk manbalari, uning doston va ertak variantlarining shakllanish genezisiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zR FA QQB. Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2. “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 3 dekabrdagi 17.01/176-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq fol`kloridagi maishiy-romanik eposning janriy xususiyatlarini aniqlash mezonlarini takomillashtirishga erishilgan;
dissertatsiyaning “Shahriyor” dostoni syujeti asosida yaratilgan epik asarlarning qoraqalpok, o‘zbek va qozoq fol`klorshunosligida o‘rganilishi tarixiga doir materiallaridan O‘zR FA QQB. Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F1-OO5. “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyiha ishini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 3 dekabrdagi 17.01/176-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq dostonlarining yozib olinishi, nashr etilishi va o‘rganilishi tarixiga doir ilmiy qarashlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
tadqiqotchining xalq dostonlaridagi milliy qadriyatlar talqiniga doir ilmiy qarashlari, jumladan, Orolbo‘yi xalqlarining o‘ziga xos urf-odatlari va marosimlarining “Shahriyor” dostonidagi badiiy ifodasini tahlil etish asosida chiqargan nazariy xulosalaridan Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining “Munavvar kun” ko‘rsatuvi hamda “Kitobxon”, “Qadriyat” radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 19 noyabrdagi 1632-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq dostonlarida o‘z badiiy ifodasini topgan ezgu g‘oyalarni yosh avlod ongiga singdirishga erishilgan; 
dissertatsiyaning “Shahriyor” dostoni obrazlar tizimining tarixiy-genetik asoslari “Avesto” mifologiyasiga borib taqalishiga doir ilmiy xulosalaridan xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi qoshidagi “Avesto” muzeyining faoliyatini amalga oshirishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2019 yil 11 dekabrdagi 01-51-27/11-19-raqamli ma’lumotnomasi. Natijada muzeyga tashrif buyuruvchi yoshlarga  “Avesto”ning umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyati haqida keng ko‘lamli ma’lumot berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish