Ashurov Azimjon Mirzajanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz skeleti shikastlangan bemorlarda, frontit va sfenoiditni tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya, 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.Dsc/Tib37.
Ilmiy maslahatchilar: Arifov Sayfiddin Saidazimovich tibbiyot fanlari doktori, professor, Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Krivopalov Aleksandr Aleksandrovich tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shamsiev Jaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori; Amanullaev Rustam Azimjanovich. tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Astana tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz skeleti shikastlangan bemorlarda peshona va asosiy bo‘shliqlar anatomik xususiyatlari, organizmning immunologik ko‘rsatkichlariga asoslanib, frontitlar va sfenoiditlar diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
shikastlanishdan keyingi davrda, posttravmatik frontit rivojlanishida, peshona bo‘shlig‘i tabiiy nayi 12,4mm. dan  uzun bo‘lishi va sagital o‘q bilan hosil qiluvich burchak 30o katta bo‘lishi, yallig‘lanish rivojlanishidagi ahamiyati aniqlangan; 
yuz suyaklari jarohatlarida, peshona va asosiy bo‘shliqlarning sinish joylashuvi,shakli, jarohatlari sinusit rivojlanishidagi ahamiyati maqsadli ravishda aniqlangan;
nur diagnostikasida peshona va asosiy bo‘shliqlarning shikastlanish holatidagi yallig‘lanishga moyillik xususiyatlari aniqlangan;
shikastlanishdan keyingi frontitli bemorlarda ekssudatning sitologik manzarasida yog‘ moddalari, o‘zgarmagan eritrotsitlar boriligi yallig‘lanish muddati qisqaligidan, makrofaglar, poliblastlar borligi yalig‘lanish muddati uzoqligidan dalolat berishi isbotlangan; 
shikastlanishdan keyingi frontitli bemorlarda immun tizimining absolyut va nisbiy xujayraviy immunitet SD3+ miqdorining pasayishi aniqlangan;
yuz-miya qo‘shma jarohatlardan keyingi postravmatik sinusitlar klinik kechishi, umumiy og‘ir holat ostida yaqqol namoyon bo‘lmasligi sababli, bu bemorlarda endoskopik  tekshirishlar, bo‘shliqni zondlash o‘tkazilishi shartligi istoblangan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
YuSSh bemorlarda frontit va sfenoidlarni diagnostikasi va davolash mavzusidagi ilmiy ish natijalar asosida: 
“Eksudativ sfenoiditlar diagnostikasi” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29maydagi № 8n-d/217-son ma’lumotnomasi). Bu qo‘llanma amalda eksudativ sfenoiditlarni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
“Kompleksnoe lechenie sfenoiditov” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29maydagi № 8n-d/218-son ma’lumotnomasi). Bu qo‘llanma amalda notravmatik asosiy bo‘shliq kasalliklarini tashxislash va davolash natijalari samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Diagnostiki i lecheniya postravmaticheskix frontitov i sfenoiditov» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29maydagi № 8n-d/219-son ma’lumotnomasi). Bu qo‘llanma amalda yuz shikastlanishidan keyingi frontit va sfenoiditlarni tashxislash va davolash natijalari samaradorligini oshirish imkonini bergan;
YuSShdan keyingi frontit va sfenoidit tashxisini va davolash usulini samarali baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar klinik amaliyotga, xususan, 7-shahar kasalxonasi (2019 yil 5 iyul` tasdiqlangan ma’lumotnoma). (Toshkent shahri) va TMA klinikalarida LOR bo‘limlarida kiritildi. Olingan tadqiqot natijalarini klinik amaliyotda qo‘llanilishi, YuSShdan keyingi frontit va sfenoiditni davolash samaradorligini oshirish, miya, ko‘z kosasi ichi va septik asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish