Karimova Nilufar Irgashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda bronxial astma shakllanishini kompleks baxolash va davolashni optimallashtirish», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib394.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc 04/30.12.2019.Tib. 29.01.
Rasmiy opponentlar: Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori; Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qaytalanuvchi obstruktiv bronxit bilan kasallangan bolalarda klinik, biokimyoviy va immunologik xususiyatlarni o‘rganish, bronxial astma ehtimolini aniqlash va davolashning differensial sxemalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda obstruktiv bronxit va bronxial astmaning shakllanishi va rivojlanishidagi muhim prognostik xavf omillari, perinatal holatlar, passiv chekish, og‘irlashgan premorbid fon, ko‘krak bilan boqish qoidalarini buzilishi, og‘irlashgan allergoanamnez, hamrox va o‘tkazilgan kasalliklar o‘rni isbotlangan;
D vitaminining roli va uning bolalarda obstruktiv bronxit va bronxial astma rivojlanishining klinik ko‘rinishi va ta’siri aniqlangan;
obstruktiv bronxit va bronxial astma kasalliklari bo‘lgan bemorlarning immunitet, pro va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar ko‘rsatkichlariga D vitamining patogenetik axamiyati aniqlangan;
ilk bor obstruktiv bronxit va bronxial astmani qon zardobidagi D vitamini tarkibi va immunitet holatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan differensial davolash usullari takomillashtirilgan;
obstruktiv bronxitlar va bronxial astma bilan kasallangan bemorlarni D vitamini va immunitetni kuchaytiruvchi vositalarni qo‘llash orqali kasallikning remissiya muddatini uzaytiruvchi kompleks davolash usulining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda bronxial obstruksiya sindromi bilan bog‘liq o‘tkir respirator kasalliklarni davolash, reabilitatsiya qilish va oldini olishning patogenetik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
“Bolalarda bronxial astmani tashxislash, davolash va oldini olishning zamonaviy usullari” uslubiy tavsiyalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 iyuldagi №8n-r/209-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda BOS bilan kechadigan kasalliklarni bronxial astmaga o‘tishining oldini olishni bashorat qilishga, samaradorlikni oshirish, aniqlash va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini o‘rganishga xizmat qilgan;
Rivojlanishning patogenetik xususiyatlarini hisobga olgan holda bronxial obstruksiya sindromi bilan kechadigan bolalarda o‘tkir respirator kasalliklarni davolash, reabilitatsiya qilish va oldini olish Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining pulmonologiya va allergologiya bo‘limlarida va Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazlarida joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2018 yil 15 oktyabrdagi №8n-d/207 ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar kasallikni o‘z vaqtida aniqlash, davolash sifatini yaxshilash, bronxial obstruksiyaning profilaktikasiga va residivlarni kamaytirishiga imkon yaratgan.